Kollej va texnikumda 5ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim oladi
Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Belgilanishicha, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqish istagida boʻlgan xotin-qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim oladi hamda ularning xarajati toʻliq davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring