Koʻkdala tumani prokuraturasi va jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudi binosining yangi binolari foydalanishga topshirildi

10:44 01 Dekabr 2023 Jamiyat
753 0

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud – huquq sohasida misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, islohotlar jarayonida prokuratura organlari va sudlarga ham katta eʼtibor qaratilib, barcha tuman (shahar)larda bosqichma – bosqich barcha qulayliklarga ega shinam va zamonaviy binolar qurilmoqda.

Shu islohotlarning yana bir natijasi sifatida 2022-yilning aprel oyida tashkil etilgan Koʻkdala tumani prokuraturasi va jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudi binosining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda Oliy sud raisi, Bosh prokuror oʻrinbosari, viloyat sektor rahbarlari va tuman faollari ishtirok etdi.

Tadbirda binolar qurilishida jonbozlik koʻrsatgan quruvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Soʻngra, tantanali ochilish marosimining ramziy tasmalarini kesilib, tashrif buyurgan mehmonlar yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер