Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish masalalari muhokama qilindi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qoʻshma majlisida viloyatda atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida oʻtgan yilda atmosferaga chiqarilgan tashlanmalar hajmi 2024-yilga nisbatan 2,1 foizga kamaygan.
Viloyatda 736 ta korxonaning atmosferani ifloslantiruvchi manbalari xatlovdan oʻtkazilgan, 340 tadan ortiq meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
“Toza havo” tadbirlarida 8 mingdan ortiq avtotransport vositasiga texnik xizmat koʻrsatilishi natijasida atmosfera havosiga 257 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi oldi olingan.
Idoralararo hamkorlikni taʼminlash maqsadida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ishchi guruhlar shakllantirilib, atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlanishining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan 2026-2027-yillarda Navoiy shahar va unga tutash hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
Shu bilan birga, ayrim xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani tanqid qilindi. Xususan, ayrim korxonalarda oʻrnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari hamda ularga tutash hududlardagi statsionar kuzatuv punktlari Ekologiya milliy qoʻmitasining elektron platformasiga integratsiya qilinmagan.
Ayrim korxonalar ekologik talablarni bajarmasdan faoliyat yuritmoqda, topshirilgan hisobotlarda atrof muhitga yetkazilgan zararlar kamaytirib koʻrsatilmoqda, barcha tuman va shaharlarda avtomatlashgan kichik stansiyalar oʻrnatish ishlari ortda qolgan.
Senatorlar oʻz chiqishlarida davlat ekologik nazoratini kuchaytirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan, shuningdek, yangi foydalanishga topshirilayotgan korxonalarda esa 99,5 foizdan past boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalar oʻrnatilishini nazoratga olish, atrof muhit ifloslanish darajasini prognoz qilish va monitoringini yuritish lozimligi yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Masʼullar zimmasiga atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash, “Toza havo” tadbirlari samaradorligini oshirish, yirik sanoat korxonalari atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish, hududlarda avtomatlashgan kichik stansiyalarni oʻrnatishni tezlashtirish vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, atmosfera havosini muhofaza qilish, uning ifloslanishining oldini olishni taʼminlashda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ham taʼkidlandi.
Muhokama yakunida tegishli qoʻshma qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring