Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Foto: Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV / “Xalq soʻzi”
Bugun, 4-aprel kuni Toshkent shahrida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali piyoda yurish marosimi oʻtkazilmoqda.




Harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurishlari Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan boshlanadi.




Parad qatnashchilari “Parkent” va “Mustaqillik” koʻchalari boʻylab Amir Temur jangovar bayrogʻini koʻtargan holda bugungi kundagi jangovar va kundalik harbiy liboslar bilan birga oʻsha davrga oid qurol-aslaha va kiyim boshda harakatlanmoqda.







Tadbir davomida Amir Temur xiyobonidagi toʻxtash nuqtasida teatr sahnalari, faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etildi.






Boʻlinmalar endilikda “Mustaqillik” va “Temiryoʻl” koʻchalari boʻylab manzilga qaytadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring