Senatning yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi

11:44 07 Aprel 2026 Siyosat
271 0

Senatning navbatdagi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

Название

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda avtomobil yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq amaldagi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun bugungi kun talablariga toʻliq javob bermaydi.

Название

Yangi tahrirdagi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunning asosiy maqsadi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, ulardan foydalanish tartibini belgilash, yoʻl faoliyati sohasidagi munosabatlarni zamonaviy talablar asosida tartibga solishdan iboratdir.

Название

Qonunda avtomobil yoʻllari sohasida amal qilinishi shart boʻlgan asosiy prinsiplar aniq belgilab qoʻyilmoqda. Yaʼni, yoʻllar ilmiy hisob-kitoblar asosida loyihalanishi, qarorlar ochiq va shaffof boʻlishi, eng muhimi, yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishi, tabiatga zarar yetkazilmasligi hamda har bir fuqaro yoʻllardan teng va qulay foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi belgilanmoqda.

Название

Qonunda muhim yangilik sifatida avtomobil yoʻllari bepul yoki belgilangan tartibda pulli boʻlishi mumkinligi mustahkamlanmoqda. Qonunga muvofiq avtomobil yoʻllari sohasidagi maxsus vakolatli organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi belgilanmoqda.

Название

Qonunda yoʻl harakati xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, avtomobil yoʻllarida sunʼiy toʻsiqlar va notekisliklar yaratish taqiqlanmoqda, ogʻir vaznli va yirik gabaritli transport vositalarining harakatlanishi esa faqat maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Название

Qonunda pulli yoʻllarni tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish, toʻlovlarni avtomatlashtirilgan tarzda undirish, foydalanuvchi va operator oʻrtasidagi ommaviy shartnoma kabi munosabatlar tartibga solinmoqda.

Название

Soʻzga chiqqanlar mazkur Qonun normalari yoʻllarni asrash, avariyalar sonini kamaytirish va inson hayotini muhofaza qilishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi, mamlakatimizda yoʻl infratuzilmasi rivojlanishiga, harakat tezligi ortib, tirbandliklar kamayishiga, yoʻl-transport hodisalari soni qisqarishiga zamin yaratadi.

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?