Mahalliy Kengashlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Komissiya aʼzolari, Senat devoni vakillari, mahalliy Kengashlar rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Samarqand viloyatlarida mahalliy Kengashlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari natijalari muhokama qilindi.
Kun tartibi doirasida mutasaddilar tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan holatlar haqida axborot taqdim etilib, mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan ham fikr va mulohazalar bildirildi.
Majlisning ikkinchi qismida 2026-yil birinchi choragi davomida deputatlar tomonidan yuborilgan soʻrovlar, ularga berilgan javoblar hamda intizomiy choralar amaliyoti koʻrib chiqildi. Amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda tahlil natijalari koʻrsatishicha, ayrim deputat soʻrovlariga toʻliq javob berilmayapti. Xususan, oddiy murojaatlarni deputat soʻrovi sifatida rasmiylashtirish holatlari koʻplab uchramoqda. Shu munosabat bilan, deputatlardan soʻrov yuborishda belgilangan tartib va talablarga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, deputat soʻrovlarining sifatini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Xususan, “E-Kengash” axborot tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, hujjat aylanmasi, deputat soʻrovlari va murojaatlar bilan ishlash jarayonlari elektron shaklga oʻtkazilgani qayd etildi. Tizim orqali qaror qabul qilish jarayonlari yanada soddalashtirilmoqda.
Yakunda komissiya aʼzolari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring