Eron AQSH bilan oʻt ochishni toʻxtatish masalasi muhokama qilinganini rad etdi
Eron AQSHga oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha takliflar yubormagan. Bu haqda Islom Respublikasi Mejlisining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qoʻmitasi aʼzosi Yoqub Rizozoda maʼlum qildi, uning soʻzlaridan ISNA agentligi iqtibos keltirmoqda.
— Urushni va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha hech qanday muzokaralar, suhbatlar yoki takliflar boʻlgani yoʻq, — deb qayd etdi u.
Rizozodaning fikricha, AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron energetika obyektlariga zarba berish boʻyicha besh kunlik moratoriy haqidagi bayonoti jahon bozorlarida neft narxini nazorat qilish, shuningdek, oʻzining “makkorona harbiy maqsadlarini” ilgari surish bilan bogʻliq.
Bundan bir kun oldin Amerika yetakchisi Eronning energetika infratuzilmasiga berilayotgan zarbalarni toʻxtatish boʻyicha topshiriq berganini maʼlum qilib, soʻnggi ikki kun ichida Vashington va Tehron samarali muzokaralar oʻtkazganini va ular hafta davomida davom ettirilishini taʼkidlagan edi.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan muzokaralar olib borilganini rad etdi, biroq vositachilar orqali nizoni muloqot yoʻli bilan hal etish istagi aks etgan maktublar olganini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring