Recommended

2021-yil 1-iyuldan rahbar va xodimlarning semizlik darajasi, vazn indeksini onlayn kuzatib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini sogʻlom turmush tarziga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

11:39 19 Noyabr 2020
Bugun poytaxt koʻchalarida avtobuslar soni maksimal darajada koʻpaytiriladi. Shaxsiy avtomobillardan esa foydalanmaslik tavsiya etilmoqda

Quyida 19-noyabr poytaxtimiz boʻylab harakatlanadigan avtobuslar soni va qaysi avtobus saroyidan nechta avtobus harakatlanishi haqida maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin:

00:42 19 Noyabr 2020
“UzAuto Motors” AJ tomonidan 582,6 mlrd soʻmlik yigʻim byudjetga toʻlanmaganligi qonunga zidmi?

Hisob palatasining 2021-yil Byudjet prognozlari boʻyicha tayyorlagan xulosasida qayd etilishicha, “Oʻzavtosanoat” AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim toʻlanmasdan kelinmoqda. Xususan, “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd soʻm yigʻim...

18:51 18 Noyabr 2020
Davlat bayrogʻidan qanchalik keng foydalanish mumkin?

Jumladan, 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Recpublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunda davlat ramzidan foydalanish shart boʻlgan barcha holatlar sanab oʻtilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining barcha qarorgohlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi palatalari, respublika davlat boshqaruvi organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,...

18:18 18 Noyabr 2020
Dunyodagi eng kamyob va noyob kasb ustasi

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi Qurbonali Qozoqov 20 yildan buyon eng kamyob, noyob va mashaqqatli kasb — quduq qazish bilan shugʻullanadi.

16:03 18 Noyabr 2020
Chempion mototsikl oʻgʻirladi, agar u oqlanmasa, transport yoqib yuborilishi mumkin edi

U sportda erishgan yutuqlari asosida berilgan imtiyoz asosida Oʻzbekiston Milliy universitetiga qabul qilingandi. Endigina 18 yoshni qarshilagan J.ning bolalarcha qiziqishi Oʻzbekiston tumani IIB YHXGga qarashli “Shodlik” MFY hududida joylashgan jarima maydonida saqlanayotgan “JAWA” rusumli mototsiklni oʻgʻirlik yoʻli bilan olib qochishga...

13:50 18 Noyabr 2020
Uzauto Motors 2020-yilda 582,6 mlrd soʻm yigʻimni byudjetga toʻlamagan. Yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi

Uzauto Motors kompaniyasi 2020-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd soʻm yigʻimni toʻlamagan. 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yigʻim avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi.

13:25 18 Noyabr 2020
Aydar-Arnasoy koʻli atrofida ulkan bayroq yoyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani Navroʻz qoʻrgʻonidagi Aydar–Arnasoy koʻli atrofida bir guruh yoshlar 90 ga 60 metrli Oʻzbekiston bayrogʻini keng quloch qilib yoyishdi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza...

10:35 18 Noyabr 2020
Adliya aralashuvi bilan oʻqituvchilarga ustama pullari toʻlab berildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari faoliyatida “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori talablariga rioya etilishi holati oʻrganildi.

23:09 17 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan shaxslar ulushi qancha?

Davlat statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, joriy yilning yanvar-sentyabr holatiga jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʼzolari) ulushi 59,0 % ni tashkil etdi. Shundan:

17:34 17 Noyabr 2020
Xususiy maktabni bitirayotganlarga qanday koʻrinishdagi shahodatnoma beriladi? — dolzarb savollarga aniq javoblar

Bugun AOKA press-xolida oʻtkazilgan brifingda Xalq taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Sarvarbek Saʼdullayev xalq taʼlimi tizimida Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar faoliyatini tashkil etish borasidagi savollarga javob qaytardi.

14:05 17 Noyabr 2020
Xurmo eksporti 20,9 ming tonnaga oshdi

Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 10 oyida xorijga qiymati 25,0 mln. AQSH dollariga teng 48,3 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 20,9 ming tonnaga yoki 5,7 mln. AQSH dollariga koʻp. Oʻzbekiston xurmosi asosan Qozogʻiston, Rossiya...

11:57 17 Noyabr 2020
Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?

— Transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:

10:20 17 Noyabr 2020
Jahonda elektromobillar davri boshlandi: Oʻzbekiston bunga tayyormi?

Jahonda qaysi davlat yoki kompaniya innovatsiyalarni koʻproq va tez joriy qilsa, oʻshalar tez boyib ketadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda yangi texnologik kompaniyalar daromadlari keskin oshib bormoqda, ularning aksiyalari kursi va kapitallashuv darajasi tez oʻsmoqda. Ushbu kompaniyalar joylashgan davlatlar yalpi...

16:54 16 Noyabr 2020
Yangi professional taʼlim tizimi oldingi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

— Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy koʻnikmalar hajmi, masʼuliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda, 3 yillik standartda ishlaydigan oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi.

16:33 16 Noyabr 2020
Koronavirusni besh daqiqada yoʻq qiladigan o'simlik aniqlandi

Germaniyaning Ulm universiteti tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, qora ryabina va anor sharbati, shuningdek, koʻk choy virusga qarshi yaxshi samaraga ega

13:25 16 Noyabr 2020
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

“Bu koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga qaratilgan birinchi gumanitar yordam emas. Shuni taʼkidlashni istardimki, qiyin damda Oʻzbekiston tomonining qoʻllab-quvvatlashi juda oʻz vaqtida boʻlmoqda va bu mamlakatlar oʻrtasidagi chinakam qardoshlik munosabatlarining dalilidir”, — dedi Surabaldiyeva.

12:42 16 Noyabr 2020
Oʻquvchilari OTMga umuman kirmagan maktablar soni deyarli 3 barobarga kamaydi — Sh.Shermatov 

Xalq taʼlim vaziri Sh.Shermatovning taʼkidlashicha, hududlarda taʼlimni yaxshilash boʻyicha natijaga erishish uchun eng yaxshi tandem: jamoani birlashtira oladigan fidoyi xalq taʼlimi boshqarmasi rahbari hamda uni doim qoʻllab-quvvatlaydigan viloyat hokimidir.

12:35 16 Noyabr 2020
“Gʻofur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududi buzilib, oʻrniga turar-joy majmuasi qurilmoqda”mi? —vaziyatga oydinlik kiritildi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻlayotgan “Gʻofur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududi buzilib, oʻrniga turar-joy majmuasi qurilmoqda”, degan mazmundagi xabar tarqaldi. Madaniyat vazirligi ushbu holatga oydinlik kiritdi.

23:52 15 Noyabr 2020
Agar talabaning imkoniyati yoʻq boʻlsa, oʻz xohishi bilan oʻqishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin — A.Xoliqov

— Oliy taʼlim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi boʻyicha toʻliq grafigini tayyorladi. 16-noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi boʻyicha ketma-ketlikda anʼanaviy taʼlimga jalb qilish OTMning oʻzining vakolatida.

16:39 14 Noyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер