Aydar-Arnasoy koʻli atrofida ulkan bayroq yoyildi

10:35 18 Noyabr 2020 Jamiyat
1457 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani Navroʻz qoʻrgʻonidagi Aydar–Arnasoy koʻli atrofida bir guruh yoshlar 90 ga 60 metrli Oʻzbekiston bayrogʻini keng quloch qilib yoyishdi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Unda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Jizzax viloyat boshqarma boshligʻi Dilmurod Xudoyshukurov boshchiligida faollik koʻrsatgan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji yoshlari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Arnasoy tuman Kengashining faol yoshlari, Milliy gvardiya hamda viloyat ekologiya boshqarmasi Arnasoy tuman inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Bundan koʻzlangan maqsad yoshlar ongi-tafakkurida mustaqil Oʻzbekiston bayrogʻi — oʻzbek xalqining azaliy orzulari timsoli sifatida eʼtirof etilishi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер