Xurmo eksporti 20,9 ming tonnaga oshdi
Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 10 oyida xorijga qiymati 25,0 mln. AQSH dollariga teng 48,3 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 20,9 ming tonnaga yoki 5,7 mln. AQSH dollariga koʻp. Oʻzbekiston xurmosi asosan Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirgʻiz Respublikasiga eksport qilingan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 10 oy mobaynida Oʻzbekiston xurmo eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 26,4 ming t.
Rossiya Federatsiyasi – 17,3 ming t.
Qirgʻiz Respublikasi – 1,8 ming t.
Ukraina – 1,2 ming t.
Turkmaniston –1,1 ming t.
Belarus – 457,2 t.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda xurmo eksporti asosan Toshkent (16,1 ming t.) va Fargʻona viloyatlari (9,9 ming t.) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring