Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?
Ushbu savolga “Huquqiy axborot” kanalida quyidagicha javob berildi:
— Transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:
• ota-onasi;
• eri (xotini);
• bolalari;
• aka-ukalari;
• opa-singillari.
Ushbu yaqin qarindoshlar haqida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring