Dunyodagi eng kamyob va noyob kasb ustasi

16:03 18 Noyabr 2020 Jamiyat
2060 0

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi Qurbonali Qozoqov 20 yildan buyon eng kamyob, noyob va mashaqqatli kasb — quduq qazish bilan shugʻullanadi.

U oʻtgan yillar mobaynida Fargʻona vodiysining barcha shahar-tumanlarida yuzlab quduqlar qazigan. Oʻz kasbining ustasi qayd etishicha, vodiy sharoitida eng kamida 8-10, eng uzogʻi 80 metrdan suv chiqadi. Bitta quduq qazish uchun baʼzan bir oy tinimsiz mehnat qilish kerak.

— Biz qazigan quduqdan odamlar suv ichadi, dehqonchilik qilish uchun foydalanadi, — deydi u. — Shu sababli har bir quduqni qazishdan oldin pokiza niyatlar qilamiz. Chunki kichik bir xato juda qimmatga tushishi mumkin. Boisi yer qaʼrida ishlayotganda ilm va hayotiy tajriba juda muhim.

Ayni paytda ikki farzandning otasi boʻlgan Qurbonali Qozoqov bu hunarga yilning toʻrt faslida ham katta ehtiyoj borligi va ushbu kasb orqali bemalol bir oila tirikchiligini oʻtkazish mumkinligini taʼkidlaydi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер