Adliya aralashuvi bilan oʻqituvchilarga ustama pullari toʻlab berildi

23:09 17 Noyabr 2020 Jamiyat
1494 0

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari faoliyatida “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori talablariga rioya etilishi holati oʻrganildi.

Taʼlim muassasalari oʻqituvchilaridan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz hamda asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqlari toʻlanishi kerak boʻlsa-da, amalda viloyat boʻyicha olimpiada gʻolibi boʻlgan Uchkoʻprik va Soʻx tumanlaridagi maktablarda ishlovchi 7 nafar oʻqituvchiga ustamalar toʻlanmaganligi aniqlangan. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.

"Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish yakuni boʻyicha viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga kiritilgan taqdimnoma muhokama qilindi.

Unga koʻra, Soʻx va Uchkoʻprik tuman XTB mudirlariga joriy yilning 5-oktyabr kuniga qadar ustama va mukofot pullarini toʻlab berilishi yuklatilgan boʻlsa-da, amalda ushbu oʻqituvchilarga 164 million 303 ming soʻm ustama pullari toʻlanmagan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton va Qoʻqon tumanlararo sudiga 7 ta sud buyrugʻi tartibida 164 million 303 ming soʻmni undirish yuzasidan arizalar kiritilib, hozirda 5 ta ariza yuzasidan 121 million 855 ming soʻmni undirish yuzasidan sud buyruqlari chiqarildi. 2 ta 42 448 000 soʻm ustama summalarini undirish haqidagi arizalar fuqarolik sudida koʻrib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining Soʻx va Uchkoʻprik tuman XTB mudirlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʻzgʻatish yuzasidan viloyat bandlik bosh boshqarmasiga kiritilgan maʼmuriy takliflarga asosan Soʻx tuman XTB mudiri A.Temirov va Uchkoʻprik tuman XTB mudiri D.Ayupovalarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobaridan maʼmuriy jarima tayinlash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan boshqarmaning yozma koʻrsatmasi yuborildi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер