Siyosat
Loyiha hujjatini ishlab chiqish uchun obyekt qiymatining 5 foizigacha mablagʻ beriladi, mualliflik nazorati uchun esa alohida shartnoma asosida toʻlov qilinadi.
17:54 14 Aprel 2026Mutasaddilarga uch oyda qurilishga ruxsat olishdan boshlab, foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va toʻlovlarni 2 barobargacha qisqartirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
17:39 14 Aprel 2026Masʼullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala koʻp. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qoʻyishning birdan bir yoʻli – raqamlashtirish va sunʼiy intellekt! — dedi davlatimiz rahbari.
17:28 14 Aprel 2026Endilikda xususiylashtirish dasturiga obyektlarni kiritish, ularni sotish va investitsiya samaradorligi boʻyicha hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan tengma-teng javob berishi belgilandi.
17:18 14 Aprel 2026Bosh rejalarni tasdiqlash orqali juda katta maqsad va vazifalar belgilanmoqda. Lekin bosh rejada koʻrsatilgan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr liniyalari, yoʻllar qachon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan quriladi degan savolga javob yoʻqligi tanqid qilindi.
17:09 14 Aprel 2026Agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga koʻpayadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga oʻsadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish boʻyicha yagona yondashuv boʻlishi kerak, – dedi Prezidentimiz.
16:59 14 Aprel 2026Yer, kredit kabi asosiy masalalari hal boʻlgan tadbirkorlar qurilishni boshlash bosqichda toʻsiqlarga uchrayotgani koʻrsatib oʻtildi.
16:49 14 Aprel 2026Respublika va viloyat studiyalaridan yigʻilishda 500 dan ziyod developer, quruvchi, loyihachi, arxitektor va urbanistlar ishtirok etmoqda.
16:37 14 Aprel 2026“Nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon sivilizatsiyasi durdonasi boʻlgan qadimiy Buxoro shahriga amaliy tashrifim chogʻida koʻrsatgan alohida mehmondoʻstlik va samimiyat uchun Sizga chin dildan minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi maktubda.
15:47 14 Aprel 2026Oʻrganish jarayonlarida Parlament komissiyasi aʼzolari bilan bir qatorda hududiy jamoat fondi xodimlari ham ishtirok etdi.
11:11 14 Aprel 2026