Pudrat korxonalariga chet eldan yiliga bitta maxsus texnika olib kelish boʻyicha cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi
Sansalorlikning yana bir sababi – joylarda shaharsozlik kengashiga aʼzo 26 ta idora oʻrtasida muloqot va hamkorlik yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, shaharsozlik kengashiga Toshkent shahri va viloyat hokimlarining oʻzi boshchilik qilib, tadbirkorning masalasiga yakuniy yechim berishi belgilandi.
“Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani notoʻgʻri ekani qayd etildi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pogʻona koʻtarilib, 17 trillion soʻmlik bozorga kirish imkoni paydo boʻladi.
Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.
Bundan tashqari, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga bitta maxsus texnika olib kelish boʻyicha cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi.
Umuman, mutasaddilarga uch oyda qurilishga ruxsat olishdan boshlab, foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va toʻlovlarni 2 barobargacha qisqartirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring