All

Jizzax viloyatida yuk avtomashinasi agʻdarildi

Joriy yilning 13-mart kuni tungi vaqtda Jizzax viloyati hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yoʻlining dovon qismi 1011 km.da Bulungʻur tumanida yashovchi B.T. “Zil” rusumli yuk avtomashinasida boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻl chetiga agʻdarilgan. Natijada yuk avtomashinasi texnik shikastlangan, haydovchi...

10:53 14 Mart 2020
1995-yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-610-son, 13.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

10:36 14 Mart 2020
Koʻp yillik orzular ushaldi

-Koʻp yillardan buyon uch oila ikki xonali, sharoiti yoʻq, eski uyda istiqomat qilib kelar edik. Toʻgʻrisi, nochor turmush sharoiti tufayli qiynalardik, ammo imkonini topolmasdik. Tuman hokimidan uy-joyimizni qayta qurish uchun koʻmak soʻradim. Murojaatim inobatga olinib, 4 xonali katta uy qurib...

10:32 14 Mart 2020
1995-yilga qadar Oʻzbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

10:30 14 Mart 2020
Koronavirusning Oʻzbekistonga kirishining oldini olishga doir qaror qabul qilindi 

Oʻzbekistonga koronavirus kirishi oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida 2020-yilning 14-mart kunidan eʼtiboran Fransiya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida barcha aviaqatnovlar toʻxtatiladi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

10:20 14 Mart 2020
15-martdan dehqon bozorlarida “Oziq-ovqat yarmarkalari“ ochiladi

Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va isteʼmol uchun xavfsiz boʻlgan goʻsht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

10:17 14 Mart 2020
AQSHda koronavirus sabab favqulodda holat eʼlon qilindi

AQSH prezidenti koronavirusga qarshi kurash uchun 50 milliard dollargacha pul ajratilishi mumkinligini aytdi.

09:28 14 Mart 2020
Samarqandda yana bir universitet filiali tashkil etiladi

Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilidan Filial faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish nazarda tutilgan.

09:18 14 Mart 2020
Nukusda YTH: 1 kishi halok boʻldi, 17 kishi jarohatlandi

Natijada, Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan.

00:09 14 Mart 2020
Gretsiyada Olimpiya mashʼalasi estafetasi bekor qilindi

Mashʼala Gretsiyaning oʻnlab shaharlari orqali olib yurilib, 3200 km yoʻl bosib oʻtishi kerak edi.

23:53 13 Mart 2020
14-martdan Oʻzbekiston yana uchta davlat bilan avialoqalarni toʻxtatadi

Zarurat tugʻilgan taqdirda, sanab oʻtilgan davlatlardan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin.

23:34 13 Mart 2020
Hindiston chet el fuqarolariga viza berishni toʻxtatdi

Hindiston eshigi faqat diplomatlar va BMT xodimlari uchun ochiq boʻladi.

23:17 13 Mart 2020
AOKA blogerlar va OAVni tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmaslikka chaqirdi

OAV va blogerlar ham xuddi davlat organlaridan talab etilgani kabi sohaga oid amaldagi qonunchilik meʼyorlariga rioya etishlari shart ekanligini unutmasligi kerak.

22:53 13 Mart 2020
Yengil avtomobillar narxi oshishi munosabati bilan norozilik bildirish uchun toʻplanishga chaqirayotgan shaxsning faol qidiruvi olib borilayotgani maʼlum qilindi

Yaqinda yengil avtomobillar narxini oshirish masalasi koʻrib chiqilayotgani haqidagi xabar eʼlon qilingach, internet tarmogʻida norozilik bildirish uchun toʻplanishga chaqiriqlar tarqamoqda. Toshkent shahar IIBB shu boʻyicha ogohlantirish bilan chiqdi.

21:50 13 Mart 2020
12-mart dunyo bozoridagi eng yomon kun deb topildi. Yoxud bir kunda dunyodagi eng boy odamlar 78 mlrd. dollar yoʻqotdi

Dow Jones indeksida joriy yilning 12-mart kuni 1987-yildan buyon eng katta shoʻngʻish roʻy berdi.

21:40 13 Mart 2020
Toshkentda “Nobelchilar” dargohi boʻlgan Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi birinchi filiali tashkil etiladi

Bugun, 13-mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov rahbarligida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G. Rixsiyeva, Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli A. Babayev va boshqalardan iborat delegatsiya Sankt-Peterburg davlat universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

21:04 13 Mart 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi toʻgʻrisida axborot

2020-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

20:51 13 Mart 2020
Maldiv orollarida koronavirusni yuqtirganlar uchun maxsus kurort ochildi

Sayyohlarning bir-biri bilan muloqot qilishi qatʼiyan taqiqlangan, maxsus jihozlangan mehmonxonada 30 ta xona mavjud.

20:33 13 Mart 2020
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning respublikamiz hududiga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan amaliy loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan 2019-yilning 31-dekabr kuni Xitoyning Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelganligi maʼlum qilindi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qoʻzgʻatuvchisi COVID-19 koronavirusi ekanini aniqlashdi. 2020-yilning 10-mart holatiga koʻra, kasallik jahonning 115 ta mamlakatida qayd etilib, dunyo aholisidan...

20:32 13 Mart 2020
“Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan dastlabki tergov...

20:24 13 Mart 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер