AQSHda koronavirus sabab favqulodda holat eʼlon qilindi

09:28 14 Mart 2020 Dunyo
1062 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus sabab favqulodda holat eʼlon qildi. Bu haqda maxsus oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Trampning soʻzlariga koʻra favqulodda holat eʼlon qilinishi koronavirusga qarshi kurash uchun muhim chora hisoblanadi. AQSH prezidenti koronavirusga qarshi kurash uchun 50 milliard dollargacha pul ajratilishi mumkinligini aytdi. Favqulodda holatning dastlabki bosqichida virusdan himoyalanish uchun kerakli boʻlgan vositalar mamlakat boʻylab tarqatiladi.

12-mart kuni Tramp koronavirusga qarshi kurash maqsadida 30 kunga Yevropa mamlakatlaridan AQSHga kirishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgandi.

Maʼlumot uchun, AQSHda hozirda 2 294 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 50 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер