Hindiston chet el fuqarolariga viza berishni toʻxtatdi

23:17 13 Mart 2020 Dunyo
1042 0

Foto: www.google.com

 

Hindistonda chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avvalgi berilgan vizalarning amal qilish muddati toʻxtatib qoʻyilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Vizalar berish va avvalgi vizalarning amal qilish muddatini toʻxtatib qoʻyish holati joriy yilning 13-martidan 15-aprel sanasigacha davom etadi.

Bu haqda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Hindiston hukumati qaror qilgan boʻlib, Hindiston eshigi faqat diplomatlar va BMT xodimlari uchun ochiq boʻladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston fuqarolariga oʻta zarurat boʻlmagan holda Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda.

Xitoy, Italiya, Eron, Koreya respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер