14-martdan Oʻzbekiston yana uchta davlat bilan avialoqalarni toʻxtatadi

23:34 13 Mart 2020 Jamiyat
1181 0

Arxiv surat

14-mart kuni 00:00 dan boshlab Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan avialoqalarni toʻxtatadi. Ushbu qaror 12-mart kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi yigʻilishida qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Xuddi shu kundan boshlab chegara oʻtkazish punktlari orqali Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari hamda ushbu mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, soʻnggi 14 kun davomida mazkur davlatlarga tashrif buyurgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha cheklanadi.

Joriy etilayotgan cheklovlar diplomatik va xizmat pasporti egalari, shuningdek, sanab oʻtilgan olti davlatda doimiy istiqomat qiluvchi, biroq Oʻzbekistonga tashrif buyurganga qadar 14 kun davomida ushbu mamlakatlarga tashrif buyurmagan fuqarolarga taalluqli emas.

Zarurat tugʻilgan taqdirda, sanab oʻtilgan davlatlardan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, vazirlik va idoralarga Covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar rahbarlar va xodimlarga chet el safarlarini imkon qadar cheklash tavsiya qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер