Gretsiyada Olimpiya mashʼalasi estafetasi bekor qilindi

23:53 13 Mart 2020 Dunyo
964 0

Foto: www.google.com

Estafeta ikkinchi kunidayoq toʻxtatildi. Bunga Sparta shahrida yuzaga kelgan tiqilinch sabab boʻlgan: bu yerda minglab odamlar mashʼalani olib yurishga taklif qilingan Gollivud aktyori Jerard Batlerni koʻrish uchun kelishgan.

Shuningdek, Gretsiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi koronavirus epidemiyasidan xavotirda. shu bois ham Tokioda oʻtadigan 2020-yilgi Olimpiada mashʼalasi estafetasini toʻxtatishga qaror qildi.

“Gretsiya Olimpiya qoʻmitasi Spartada Olimpiya mashʼalasini olib yurish marosimida kutilmaganda koʻp odam toʻplangandan keyin Gretsiyada mashʼala estafetasini bekor qilish boʻyicha qiyin, biroq zarur qarorni qabul qildi”, deyilgan xabarda.

Estafetaning Gretsiyadagi qismida 600 ishtirokchi qatnashishi kerak edi. Mashʼala Gretsiyaning oʻnlab shaharlari orqali olib yurilib, 3200 km yoʻl bosib oʻtishi kerak edi.

Estafetaning ushbu qismi bekor qilinganiga qaramay, mashʼala 19-mart kuni Olimpiada tashkilotchilari – Yaponiya vakillariga topshiriladi. Shu kuni mashʼala samolyotda Yaponiyaga yetkaziladi, soʻngra butun Yaponiya orqali olib oʻtiladi. Estafeta 24-iyulda Olimpiada ochilishi marosimida yakun topadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер