All

Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 900 nafarga yaqinlashdi

​​​​​​​Shu soatlarda Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. 

16:42 27 Aprel 2020
Pandemiya sharoitida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorij OAVda keng yoritilmoqda

Bugungi kunda Oʻzbekistonda milliy iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar chet eli ommaviy axborot vositalarida keng yoritilyapti.

16:38 27 Aprel 2020
Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallangan bolalar soni keskin koʻpaymoqda

Buyuk Britaniyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (National Health Service, NHS) mamlakatda koronavirusni yuqtirgan va jonlantirish boʻlimiga tushayotgan bolalar soni keskin koʻpayganini maʼlum qildi.

16:28 27 Aprel 2020
Arzimagan ishni deb kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Namangan. 2020-yilning 17-aprel kuni soat 12:00 da Norin tumanida yashovchi 21 yoshli M.K. oʻzining yashash uyida birga yashovchi amakisi 37 yoshli I.I. ga “yuvgan kiyimlaringni chiqindi suvlarini oʻzing tozalab qoʻy”-deb, u bilan janjallashib, qoʻlida boʻlgan xoʻjalik pichogʻi bilan koʻkrak qafasini...

16:19 27 Aprel 2020
Jahon banki: Oʻzbekiston taʼlim tizimini pandemiya sharoitlariga tezda moslashtira oldi

Yaqinda Jahon banki saytida “Oʻzbekiston: maktablar yopilgan paytda taʼlim berish uchun oʻz vaqtida qilingan javob” sarlavhasida maqola eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi xabar berdi.

16:11 27 Aprel 2020
Tahlilchilar Rossiya va boshqa ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi tugashining aniq sanasini maʼlum qilishdi

Singapurlik tahlilchilar Rossiyada koronavirus tarqalishining tugash sanasini maʼlum qilishdi.

15:45 27 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 826 nafarga yetdi

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor butkul sogʻayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

15:27 27 Aprel 2020
Jamoatchilik fikrining taʼsir kuchi oshadi

2017-yilning boshida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini taklif etar ekan, xalq bilan birgalikda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek yuksak maqsadni koʻzlagandi.

15:24 27 Aprel 2020
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalarda aks etmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi videokonferensaloqa formatida tashkil etilgan majlisida “Aholi bandligi toʻgʻrisida” gi qonun loyihasi Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda koʻtarilgan masalalar inobatga olingan holda muhokama qilindi.

15:17 27 Aprel 2020
Navoiydan chiqqan “Saxovat karvoni” Namanganga yoʻl oldi

Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan “Saxovat karvoni” Namangan viloyatiga joʻnadi. 4 ta “Isuzu” yuk mashinasidan iborat karvon pandemiya davrida Namangandagi kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj...

15:10 27 Aprel 2020
Jizzaxda ish boshlagan amerikalik investor: “Katta maydonlarni tomchilatib sugʻorish oʻzini oqlamaydi. Shu sababli...“

Suv Oʻzbekiston sharoitida eng qimmatli resursdir. Tomchilatib sugʻorish kichik maydonlarda qoʻllash uchun juda qulay va suvni tejaydi. Biroq katta maydonlarni tomchilatib sugʻorish oʻzini oqlamaydi. Shu sababli biz yer ostidagi quvurlardan foydalanmoqchimiz.

14:45 27 Aprel 2020
Jizzaxdagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi

Namangan viloyatida 4 nafardan, Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sogʻaydi. Ular viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

14:34 27 Aprel 2020
Ukrainada koronavirusdan tuzalgan 4 bemor qayta shu dardga yoʻliqqani maʼlum boʻldi

Ukrainaning Rovensk oblastida toʻrt nafar bemor koronavirusga qayta chalingan. Bu haqda ushbu hudud adminstratsiyasi rahbari Vitaliy Koval maʼlum qildi, deb yozadi “Izvestiya“ nashri.

14:33 27 Aprel 2020
Qoʻrgʻontepa tumanida yana 118 nafar shaxs karantinga olindi

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida koronavirus pandemiyasining oldini olish maqsadida shu kungacha 4248 nafar shaxslar karantinga olingan edi. Shulardan 3638 nafarida kasallik alomatlari aniqlanmadi. 610 nafar fuqarolarga nisbatan cheklov harakatlari davom etyapti. Ulardan 118 nafari Qirgʻiziston...

14:12 27 Aprel 2020
Yosh bolali onalarning doʻkonga chiqishi taqiqlanganmi?

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva yosh bolali onalarning doʻkonga chiqishiga taqiq qoʻyilmaganini maʼlum qildi.

14:01 27 Aprel 2020
Uy sharoitida karantinda saqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

13:59 27 Aprel 2020
Valeriy Tyan yangi lavozimga tayinlandi

Hukumat qarori bilan Valeriy Nikolayevich Tyan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

13:44 27 Aprel 2020
AQSH oʻzbekistonliklar eng koʻp koʻchib ketadigan uchta davlat safidan chiqib ketdi

AQSH Oʻzbekistonliklar eng koʻp boradigan dastlabki uchta davlat qatoridan chiqib ketdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

13:22 27 Aprel 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi

Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor toʻliq sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

13:07 27 Aprel 2020
Isitma chiqqanda qabul qilinadigan ayrim dorilar koronavirusni kuchaytirishi maʼlum qilindi

Internetda tana harorati oshganda ibuprofen qabul qilish koronavirus infeksiyasi kechishini qiyinlashtirar ekan kabi xabarlar tarqalmoqda. Shu toʻgʻrimi? Ushbu savolga Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov javob berdi.

12:58 27 Aprel 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер