Ukrainada koronavirusdan tuzalgan 4 bemor qayta shu dardga yoʻliqqani maʼlum boʻldi
Ukrainaning Rovensk oblastida toʻrt nafar bemor koronavirusga qayta chalingan. Bu haqda ushbu hudud adminstratsiyasi rahbari Vitaliy Koval maʼlum qildi, deb yozadi “Izvestiya“ nashri.
Bemorlar sogʻayib boʻlgan va ularga shifoxonadan ruxsat berilishi kerak edi, ammo ulardan virus borligi qaytadan tasdiqlandi, deb yozadi u oʻzining Feysbukdagi sahifasida.
Koval yana 20-aprel kuni oʻzi masʼul boʻlgan oblastda koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq beshta yangi holat aniqlanganini maʼlum qilgan. Ularning yoshi 34-52 yosh atrofida.
Eslatib oʻtamiz, 10-aprel kuni OAVda Janubiy Koreyada virusdan tuzalib chiqib, karantinga chiqarilgan 91 nafar bemordan COVID-19ga takroriy tahlil olinganda, bu ijobiy natija bergani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring