Oʻzbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 900 nafarga yaqinlashdi

16:42 27 Aprel 2020 Jamiyat
1202 0

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Shu soatlarda Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sogʻaydi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Sogʻayganlarning 30 nafari joriy yil 22-mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 29 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Xorazm, Namangan va Fargʻona viloyatlaridan 5 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Navoiy, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi. 

Sogʻayganlarning barchasi Qoraqalpogʻistondan (15 nafari Nukus shahridan, 4 nafari Moʻynoq tumanidan, yana 2 nafari Qoʻngʻirot tumanidan) boʻlib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 12 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 64 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 880 nafarni tashkil etmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер