Yosh bolali onalarning doʻkonga chiqishi taqiqlanganmi?
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva yosh bolali onalarning doʻkonga chiqishiga taqiq qoʻyilmaganini maʼlum qildi.
“Yoʻq. Bunga taqiq qoʻyilmagan. Faqat sanitariya va gigiyena hamda karantin qoidalariga amal qilishingiz shart.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamning toʻplanishi (bir vaqtda harakatlanayotgan oila bundan mustasno) taqiqlangan.
Shuningdek, joriy yilning 1-aprelidan zarurat boʻlgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar doʻkoniga ruxsat etilgan”, deydi Oʻrinboyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring