All

Shavkat Mirziyoyev: Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda toʻliq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

17:45 11 May 2020
Koronavirus tarqalishi boʻyicha Rossiya dunyoda uchinchi oʻringa chiqdi

Rossiyada soʻnggi toʻqqiz kun davomida kunlik kasallanish holatlari soni 10 mingdan kam boʻlmayapti. 7-may kuni Rossiya jahon reytingida Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, beshinchi oʻringa koʻtarilgan

17:43 11 May 2020
2019-yilning oʻzida hokimlarning 3400 dan ortiq qarorlari haqiqiy emas deb topilgan — hukumatga parlament so'rovi yuboriladi

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan hokimlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq qarorlar qabul qilinishi holati oʻrganildi. Tahlillarga koʻra, birgina 2019-yilning oʻzida hokimlarning 3400 dan ortiq qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan.

17:41 11 May 2020
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi holati boʻyicha axborot eshitildi

Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilayotgan toʻrtinchi yalpi majlisida ilk bor Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining 2018-2019-yillarda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi holatiga doir axboroti eshitildi.

17:26 11 May 2020
2019-yilda byudjet mablagʻlaridan 1,1 trillion soʻmlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar aniqlangan

Xususan, Davlat byudjetiga qoʻshimcha 2,7 trln. soʻmlik daromad manbalari aniqlanib, belgilangan qoʻshimcha daromad manbalarining hududlar boʻyicha toʻliq taʼminlanishida amaliy yordam koʻrsatilgan. Byudjet mablagʻlaridan 1,1 trln. soʻmlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar aniqlanib, shundan 150 mlrd. soʻmi bartaraf etilishi taʼminlangan.

17:09 11 May 2020
Uchtepa tumanidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozori yopilishi haqidagi maʼlumot tafsiloti

Maʼlum qilamizki, Uchtepa tumanidagi “Farhod” avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylari sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopildi. Tadbirkorlarlan birining isitmasi borligi haqida ilgari tarqagan maʼlumot haqiqatdan yiroqdir.

17:00 11 May 2020
“Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp qavatli binoning devorlari shamolda qulab tushgani“ga vazirlik munosabat bildirdi

2020-yil 8-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp qavatli binoning devorlari shamolda qulab tushayotgani aks etgan video tarqaldi.  Qurilish vazirligi shu yuzasidan munosabat bildirdi.

16:45 11 May 2020
Prezident Xalq qabulxonalari qishloq bandligini taʼminlamoqda

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Yoshlar ittifoqi va sektorlar bilan hamkorlikda yoshlar muammolari bilan ishlash, ayniqsa, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

16:42 11 May 2020
Oʻtgan yilda tijorat banklari xorijiy kredit liniyalari hisobidan 2,1 mlrd. AQSH dollar kredit ajratgan

Jumladan, 2019-yilda tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan 2,1 mlrd. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratilgan.

16:23 11 May 2020
Yevrokuboklar davom etadimi? Ehtimoliy taqvim eʼlon qilindi

UYEFA yevrokuboklarning hal qiluvchi bahslarini oʻtkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, bu haqda The Mirror nashri oʻz manbalariga tayanib quyidagilarni maʼlum qildi.

16:17 11 May 2020
Dunyoda koronavirus. Uxanda yana beshta yangi holat aniqlandi va boshqa yangiliklar

— Uxanda yana besh kishida koronavirus aniqlandi.

16:03 11 May 2020
Qurilish sohasiga doir ancha oldin qabul qilingan meʼyorlar korrupsiya va suiisteʼmollik holatlarini keltirib chiqarmoqda

Bundan tashqari, boshqa sohalardagi kamchiliklar ham aytib oʻtildi. Ayniqsa, qurilish sohasida dolzarb muammoli masalalari toʻplanib qolganligini koʻrsatdi. Oʻylaymizki, qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash uchun, avvalo, sohaga oid hujjatlarni tubdan qayta koʻrib chiqish kerak. Aynan ushbu sohaga doir ancha oldin qabul qilingan...

15:48 11 May 2020
Bosh prokuror hisobot berdi

Bugun boʻlib oʻtayotgan Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlarining 2019-yildagi faoliyati toʻgʻrisida hisobot berdi.

15:32 11 May 2020
Karantin vaqtida “dam olishni” istagan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyati. 2020-yilning 02-may kuni Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qibray tumani, “Sayyora” koʻchasida istiqomat qiluvchi 31 yoshli E.A., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan vaqtda, xonadon tomorqasidan 38 tup “kannabis” oʻsimligi ekilganligi, xonadon hammomi...

15:26 11 May 2020
Vazir: "Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga salbiy taʼsir qilmaydi" 

— Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga salbiy taʼsiri yoʻq. Chunki birinchi navbatda Oʻzbekistonda u bilan kuzatuvchi maqomi asosida hamkorlik qilmoqchi. Bu bilan Oʻzbekiston ushbu tashkilotning hamma ishchi organlarida ishtirok etish, fikr bildirish imkoniga...

15:02 11 May 2020
Toshkent shahrining ayrim joylarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

11-may kuni Mirobod tumani Taras Shevchenko koʻchasi Avtobaza hududigi yer osti gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli quyidagi manzillarga vaqtincha gaz taʼminoti toʻxtatildi.

14:47 11 May 2020
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash davr talabi

Dunyoda, qolaversa, respublikamizda aholi sonining kundan-kunga koʻpayishi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ham oshishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitda isteʼmol talabini qondirish, aholini oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, eng asosiysi qishloq aholisi bandligi va daromadlarini oshirish kabi qator muhim ijtimoiy...

14:23 11 May 2020
Senat Raisi: “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muammolar muhokama qilinmoqda. Lekin Ombudsman birorta ham masalaga munosabat bildirmaydi” 

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muammolar muhokama qilinmoqda. Lekin Ombudsman birorta ham masalaga munosabat bildirmaydi. Shu bois, OAV bilan hamkorlikni tubdan oʻzgartirish kerak.

14:00 11 May 2020
Tanzila NARBAYEVA: Senat qoʻmitalarining Ombudsman bilan hamkorligi sezilmayapti.

...Senat qoʻmitalarining Ombudsman bilan hamkorligi sezilmayapti. Nima uchun Ombudsman va qoʻmitalar birgalikda odamlarni qiynayotgan masalalarni oʻrganib, muammolarni aniqlab, Senatga takliflar kiritishmaydi? Ushbu muammolar va ularni koʻrib chiqilishi natijasida respublikadagi tizimli muammolarni aniqlash mumkin va buning natijasida qonunchilikka ham oʻzgartirishlar kiritish...

13:59 11 May 2020
Ombudsmanning hisoboti eshitildi

Kun tartibidagi navbatdagi masala – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2019-yildagi faoliyati toʻgʻrisida Ombudsman Ulugʻbek Muhammadiyev hisobot berdi.

13:51 11 May 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер