Senat Raisi: “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muammolar muhokama qilinmoqda. Lekin Ombudsman birorta ham masalaga munosabat bildirmaydi” 

14:00 11 May 2020 Siyosat
1208 0

— Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyalar bilan Ombudsman faol hamkorlik qilishi kerak, — dedi Senat Raisi Tanzila Narbayeva. Afsuski, hozir faqatgina komissiyalar tadbirlarida ishtirok etish bilangina cheklanib qolinmoqda.

Bu borada aholi duch kelayotgan muammolar boʻyicha komissiyalarga taklif kiritish kerak. Ichki ishlar yoki Bosh prokuraturaga soʻrov yuborib kutib oʻtirish emas, balki komissiyalarga koʻrib chiqish uchun masala kiritish kerak. 

Komissiyalar bilan hamkorlik yetarli emas.

... OAVda Ombudsman roli mutlaqo sezilmaydi. 2019-yilda OAVda atigi 74 ta chiqish qilingan, xolos. Xalq sizlarni bilmaydi, tanimaydi.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muammolar muhokama qilinmoqda. Lekin Ombudsman birorta ham masalaga munosabat bildirmaydi. Shu bois, OAV bilan hamkorlikni tubdan oʻzgartirish kerak.

Bizning qoʻmitalar, senatorlar ham chetda kuzatuvchi boʻlib turmasdan, Ombudsman faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashishi zarur.

Zero, Ombudsman Parlamentning inson huquqlari boʻyicha Vakili hisoblanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер