“Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp qavatli binoning devorlari shamolda qulab tushgani“ga vazirlik munosabat bildirdi

16:45 11 May 2020 Jamiyat
1178 0

2020-yil 8-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp qavatli binoning devorlari shamolda qulab tushayotgani aks etgan video tarqaldi. 
Qurilish vazirligi shu yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Mirzo Ulugʻbek tumani, Toʻrt ariq koʻchasi 3 va 5-uy manzilida joylashgan, fuqaro R.A.Pishenkoga tegishli binoda ro'y bergan. 
“Mazkur bino turar joy chegara hududidan chiqmagan holda noturar joy toifasiga oʻtkazilgan. Hozirda “Biznes markaz” sifatida qayta taʼmirlanayotgan boʻlgan.

Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur holat atroflicha oʻrganib chiqilgan. Maʼlum boʻlishicha, “Biznes Markaz” binosini qayta taʼmirlash boʻyicha loyiha hujjatlari “Arxitektura qurilish integratsiya va innovatsiya markazi” SHK tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari pudrat tashkiloti — “AZIMUT-MIG” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishchi loyihaga muvofiq, tashqi devor konstruksiyasini terish uchun loyihada temir beton serdechnik va peremichkalar (devorni qattiq tutib turuvchi moslamalar) bilan birga gazobeton blok D 500 belgilangan. Pudratchi tomonidan yurtimizda karantin eʼlon qilingunga qadar binoning 3 qavatigacha tashqi devor ishlari yakuniga yetgan. Biroq karantin sabab, 4 va undan yuqori qavatlarda tashqi devorlarni terish ishlari oxiriga yetkazilmay qolib ketgan. Yaʼni devorlarning oxirgi qatori terilmay, temirbeton serdechnik va peremichkalar oʻrnatilmay qolgan. Natijada, oyna va eshik proyemlari bogʻlanmagani tufayli, 2020-yilning 8-may kuni kuzatilgan kuchli yomgʻir va shamol oqibatida binoning yuqori qavatidagi tashqi devorning bir qismi obyekt hududiga qulab tushgan. Qoʻshni bino va inshootlarga, insonlarga zarar yetmagan. Shu zahoti obyektda yana-da koʻproq talafotlar kelib chiqmasligi uchun yuqori qavatdagi tashqi devorlar atayin bino ichkarisiga demontaj qilingan. Hozirgi kunda obyekt hududida tozalash ishlari olib borilmoqda va tashqi devorni qurish ishlari belgilangan norma va meʼyorlar asosida olib borilishi qatʼiy nazoratga olinishi maʼlum qilindi“ deyiladi vazirlik munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер