Dunyoda koronavirus. Uxanda yana beshta yangi holat aniqlandi va boshqa yangiliklar
— Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,1 mln.dan oshib ketdi, 282 ming bemor vafot etgan, 1,4 mln.dan ortiq inson tuzalgan.
— Uxanda yana besh kishida koronavirus aniqlandi.
— Shanxaydagi “Disneylend“ koʻngilochish bogʻi bugun, 11-may kuni mijozlar uchun ochildi. U koronavirus pandemiyasi sabab 25-yanvardan yopilgan edi.
— Ispaniyada cheklov qoidalarini yumshatishning yangi bosqichi kuchga kiryapti. Faqat mamlakat aholisi jamoatchilik transportida niqob taqib yurishi va masofani saqlashi kerak.
— Shveysariyada maktablar va restoranlar ochilmoqda. Mamlakatda pandemiya sabab kiritilgan karantin choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichi koʻchga kirmoqda.
— Fransiyada uydan chiqish uchun elektron ruxsatnoma berish bekor qilinyapti. 11-maydan doʻkonlar ochildi. Mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 177 mingdan oshib ketgan. 56 mingdan ziyod bemor tuzalgan, 26 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring