All

Navoiyda 2 yoshli goʻdak mashina ostida qolib ketdi

Navoiyda yoʻl-transport hodisasi natijasida 2 yoshli goʻdak halok boʻldi. Bu haqda Jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tumani sudining raisi xabar bermoqda.

04:12 14 May 2020
Oʻzbekistonda yana bir telekanal tashkil etilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga “Ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish haqida”gi petitsiya joylashtirildi.

03:36 14 May 2020
Alisher Usmonov ajratgan mablagʻ suv toshqinidan jabr koʻrgan sirdaryoliklarga tarqatiladi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan mablagʻ yaqin kunlarda “Sardoba” suv ombori buzilishidan jabrlangan aholiga teng qiymatda boʻlib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtgan.

01:33 14 May 2020
MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi ham videokonferensaloqa shaklida tashkil etilishi mumkin

Shu maqsadda joriy yilning 29-may kuni Toshkent shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisini ham videokonferensaloqa shaklida tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik.

01:24 14 May 2020
Homilador ayollar koronavirus boʻyicha qayerda tekshiruvdan oʻtishi mumkin?

Koronavirus xavfi har bir tirik jonni xavotirga solgani sir emas. Hattoki oʻzini sogʻlom hisoblagan inson ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdan qoʻrqadi. Shunday payt boshqalar bir jon uchun hadikka tushishsa, homilador ayollar ikki jon uchun xavotir olishadi. Koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagan...

00:53 14 May 2020
Dunyoda koronavirus. Braziliyada bir kechada 881 bemor vafot etdi va boshqa yangiliklar

— Braziliyada bir sutkada qurbonlar soni rekord darajaga yetdi — 881 kishi. Virusga chalinganlar soni 177 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.

00:45 14 May 2020
AQSHda koronavirus qurbonlari soni kamaytirib koʻrsatilganmi? — Bosh mutaxassis javob berdi

AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi(infeksionist) Entoni Fauchi mamlakatda koronavirus qurbonlari soni kamaytirib koʻrsatilgan deb hisoblamoqda. U bu haqda AQSH Kongressi Senatining sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat va pensiya boʻyicha qoʻmitasida boʻlib oʻtgan eshituvda maʼlum qildi, deb xabar berdi Yevronyus.

00:35 14 May 2020
Oʻzbekistonda shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi 1-onlayn chempionatida adolat qanday tiklandi?

Maʼlum boʻlishicha, onlayn shaxmat musobaqasining ayrim ishtirokchilari tomonidan qoidani buzish holatlari aniqlangan. Bu musobaqa natijalari boʻyicha chess.com saytining Fair Play jamoasi xulosasi olingandan soʻng maʼlum boʻlgan.

23:48 13 May 2020
Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir homilador ayol farzandli boʻldi

Poytaxtimizdagi 3-sonli tugʻruq majmuasining tibbiyot xodimlari ham koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolashda bor tajriba va bilimini ishga solishmoqda. Bu yerda homilador, tugʻruqdagi va tuqqan ayollarga koronavirus infeksiyasi tashxisini qoʻyish va davolashda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda...

23:38 13 May 2020
Xavfli epidemiyalarning koʻpayishida asosiy aybdor maʼlum qilindi

BMTning Atrof-muhit qoʻmitasi vakillari xavfli epidemiyalar sonining koʻpayishida asosiy aybdorni maʼlum qilishdi.

23:30 13 May 2020
Smart karta shaklidagi kadastr pasportining yangi namunasi. U qanday afzalliklarga ega?

Bu — uy xaridi vaqtida ishonch komil boʻlishi uchun xavfsiz va zamonaviy yechim. Bugungi kunda har qanday sohada texnologiya oʻz soʻzini aytmoqda. Endi kadastr sohasi ham bundan mustasno emas. Sohada zamonaviy innovatsion yechimlar joriy etilmoqda. Buning yorqin misoli — maxsus...

23:20 13 May 2020
Dunyoni qaqshatgan virus. Jahon iqtisodiyotini ham izdan chiqarishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi

XXI asrning 20-yili insoniyat boshiga koʻp ogʻir sinovlarni soldi. Dastlab Avstraliya oʻrmonlarining katta qismi yonib, kulga aylangan boʻlsa, bir oz oʻtib, Indoneziyada kuchli vulqonning “uygʻonishi” qanchadan-qancha halokatu talafotlarni keltirib chiqardi.

22:27 13 May 2020
Rossiyada yuzlab oʻzbekistonliklar toʻplanib, Qozogʻiston hududi orqali yoʻlak yaratishni talab qilishmoqda - TIV fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, Rossiyaning Samara viloyatidagi “Mashtakovo” chegara punkti va Orenburg viloyatining “Sagarchinsk” nazorat-oʻtkazish punktida bir necha yuz nafar Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanishi kuzatilmoqda.

22:27 13 May 2020
Yer yuzida yashash uchun yagona boʻlgan xavfsiz joy maʼlum qilindi

Koronavirus infeksiyasining birorta ham holati qayd etilmagan dunyoning eng sovuq maskani boʻlmish Antarktida hozirda “eng xavfsiz“ hudud deb hisoblanmoqda.

21:50 13 May 2020
Qozogʻiston karantin choralarini yumshatmoqda: Umumiy ovqatlanish joylari va diniy ibodat obyektlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Yerali Tugjanov boshchiligidagi koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishida iqtisodiyotni tiklash va bandlikni taʼminlashga qaratilgan qator bir qator qarorlar qabul qilindi.

21:05 13 May 2020
Turkiyada yana toʻrt kunlik komendantlik soati joriy qilindi

Turkiya Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning soʻzlariga koʻra, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning soni 138 mingdan oshgan, 3786 kishi vafot etgan.

20:05 13 May 2020
Epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda, karantin talablarini yumshatishni boshlaganmiz va buni bosqichma-bosqich davom ettiramiz — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yana-da yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan 13-may kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

19:54 13 May 2020
Koronavirus: Qoʻshnilarimizda ahvol qanday?

Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 729 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 23 nafari vafot etdi.

19:40 13 May 2020
Qashqadaryoda qovun pishdi 

Vohada may oyining boshida tarvuz pishgan boʻlsa, endilikda qovun ham pishdi. 

19:29 13 May 2020
Jangarilar Kobuldagi tugʻuruqxonaga hujum qildi. Koʻplab qurbonlar bor

Kobuldagi tugʻuruqxona binosi portlatib, keyin jangarilar tomonidan oʻqqa tutilgan. Oqibatda 16 kishi halok boʻlgan, yana kamida 15 kishi tan jarohati olgan.

19:25 13 May 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер