Koronavirus: Qoʻshnilarimizda ahvol qanday?
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar 5417 kishiga yetgan. Hozirga qadar 2287 kishi sogʻaygan, 32 kishi virus qurboniga aylangan.
2020-yil 13-may 10:00 holatiga koʻra, Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 taga oshib, jami 1044 nafarni tashkil etmoqda.
Taʼkidlanishicha, mamlakatda koronavirusdan 726 kishi davolangan. 12 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirda Qirgʻizistonda statsionarlarda 306 kishi davolanmoqda.
Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 729 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 23 nafari vafot etdi.
Afgʻonistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5226 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib, 1TV telekanali maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 132 kishi COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan. Hozirga qadar 648 bemor koronavirusdan davolanishga muvaffaq boʻlgan.
Turkmanistonda esa hali rasman koronavirusga chalinganlar qayd qilinmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring