Rossiyada yuzlab oʻzbekistonliklar toʻplanib, Qozogʻiston hududi orqali yoʻlak yaratishni talab qilishmoqda - TIV fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi

22:27 13 May 2020 Siyosat
1619 0

arxiv

Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, Rossiyaning Samara viloyatidagi “Mashtakovo” chegara punkti va Orenburg viloyatining “Sagarchinsk” nazorat-oʻtkazish punktida bir necha yuz nafar Oʻzbekiston fuqarolari toʻplanishi kuzatilmoqda.

Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va Oʻzbekistonga qaytish uchun Qozogʻiston hududi orqali yoʻlak yaratishni talab qilishmoqda.

Bosh konsulxona barcha tomonlar uchun eng maqbul yechimni topish uchun mahalliy hokimiyat bilan aloqa oʻrnatgan.

Bundan tashqari, TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozogʻiston chegarasidagi mavjud vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni har tomonlama koʻrib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.

Yuqoridagilarni inobatga olib Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchikni saqlash, oʻrnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер