Dunyoda koronavirus. Braziliyada bir kechada 881 bemor vafot etdi va boshqa yangiliklar
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,3 mln.dan oshib ketdi, 294 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,5 mln.dan ziyod inson tuzalgan.
— Germaniya va Avstriya 15-iyundan chegaralarini toʻliq ochishmoqchi. Shuningdek, Berlin Daniya va Lyuksemburg bilan chegaralaridagi nazoratni bekor qiladi.
— Ispaniyada virusdan vafot etganlar soni 27 mingdan oshdi. Bir sutkada 184 inson hayotdan koʻz yumgan.
— Polsha YEIda foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan tibbiyot niqoblarini oldi.
— Braziliyada bir sutkada qurbonlar soni rekord darajaga yetdi — 881 kishi. Virusga chalinganlar soni 177 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.
— Lesoto qirolligida koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi. Afrika qitʼasida hammasi boʻlib 69 ming insonda tojdor virus aniqlangan. Ulardan 2386 nafari vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring