All

1 sotix yerdan bir yilda 30 million soʻm qoʻshimcha daromad olish mumkin

Andijon viloyatining Andijon va Asaka tumanlarida tomorqadan foydalanishning hadisini olganlar istiqomat qiladilar. Ular moʻjazgina hovlisidagi har bir qarich yeridan bir yilda toʻrt marta hosil olmasa, hisobmas. Qolaversa, daromad topishning hali sinalmagan usullarini qoʻllab koʻrish ularning odatiy xoliga aylangan. Ana shulardan...

14:10 02 Noyabr 2020
13 yashar bola: Dadam ichib olganliklari uchun avtomashina boshqarishga majbur boʻldim

Surxondaryo viloyatida yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan «Neksiya» rusumli avtomobil toʻxtatilganda, uni 13 yoshli bola boshqarib ketayotgani aniqlandi. Voyaga yetmagan shaxsdan buning sababi soʻralganda, otasi ichib olganligi uchun avtomobilni haydashga majbur boʻlganini maʼlum qildi. 

14:00 02 Noyabr 2020
Besh tashabbus doirasida maktablar uchun 1,5 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga kitoblar va sport jihozlari xarid qilindi — F.UMAROV

Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da “Besh tashabbus haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bayramona ruhda kechgan tadbir avvalida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi Farhod Umarov soʻz olib, davlatimiz rahbari tomonidan oʻrtaga tashlangan beshta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida qisqacha toʻxtaldi.

13:50 02 Noyabr 2020
Talabaman. Kelgusida institutda oʻqigan davrim ham ish stajiga qoʻshiladimi? — dolzarb savollarga aniq javoblar

Javob: Fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri, shu jumladan chet elda oʻqish davri pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

13:40 02 Noyabr 2020
Pensiyaga chiqdim. Endi uyim uchun mol-mulk soligʻini toʻlamasligim mumkinligi rostmi?

— Soliq kodeksining 421-moddasiga koʻra, pensionerlar oʻzlarining mulkida boʻlgan mol-mulkning oltmish kvadrat metriga mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.

13:31 02 Noyabr 2020
Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro hamkorlik

Global pandemiya sharoitida dunyo davlatlari qatori yurtimiz oldida turgan asosiy masala — qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolchilarni sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan talablarini qondirish asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.

13:27 02 Noyabr 2020
Bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Ushbu holatda nima qilishim lozim? Bu kabi harakatlar uchun javobgarlik mavjudmi?

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish — 8 mln 920 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

13:07 02 Noyabr 2020
Besh marraning start nuqtalari

Respublikamiz Prezidenti tomonidan ilgari surilib, bugun turli hududlarda amalga oshirilayotgan besh tashabbusning mazmun-mohiyati, yoshlarimiz istiqbolining beshta muhim tayanch nuqtasi qamrab olingan. Aynan shu nuqtalardan ularning eng ezgu orzulari roʻyobiga start beriladi.

12:54 02 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda “InnoWeek.uz” Innovatsion gʻoyalar haftaligi ilk bor “onlayn” platforma orqali oʻtkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 3-8-noyabr kunlari oʻtkaziladigan “InnoWeek.uz” Innovatsion gʻoyalar haftaligi ilk bor “onlayn” platforma orqali oʻtkaziladi.

12:46 02 Noyabr 2020
Diareya bolalarda qanday belgilar bilan namoyon boʻladi?

Murakkab iqlim sharoitiga ega yurtimizda aholi, ayniqsa, bolalar orasida yuqumli ichak kasalliklar koʻp uchraydi.

12:24 02 Noyabr 2020
Hokimliklar ishiga baho berishning yangi tartiblari joriy etiladi

Prezidentning tegishli  farmoni bilan hokimliklar ishiga baho berishning yangi tartiblari joriy etiladi. 

12:19 02 Noyabr 2020
Parlamentlararo Ittifoq raisligiga Akmal Saidov nomzodi qoʻyildi

Parlamentlararo Ittifoq raisligiga saylovlar boshlandi. Unda Oʻzbekistondan vakil — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidovning nomzodi bor.

12:13 02 Noyabr 2020
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun suhbat oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 2-noyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligining majlislar zalida VKM tarzida Jizzax va Namangan viloyatlarining vazirlik nomenklaturasiga kiritilgan vakant lavozimlarga suhbat oʻtkazilmoqda deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

12:07 02 Noyabr 2020
2-noyabr — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini toʻxtatish xalqaro kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2013-yil 18-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, har yilning 2-noyabr kuni dunyo miqyosida Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini toʻxtatish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

12:04 02 Noyabr 2020
Bojxonadan 60 dona televizorni noqonuniy olib oʻtishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati oʻz vaqtida fosh etildi.

12:01 02 Noyabr 2020
Qoplab pul emas, sovrinlar ortidan yugurgan futbolchi

Luis Suares 1987-yilda Urugvayning Argentina bilan chegaradosh Salto shahrida tugʻilgan. U oiladagi yetti farzandning toʻrtinchisi. Otasi ashaddiy futbol muxlisi edi. Bolaning ismini Suares deb qoʻygani ham bejiz emas. Oʻtgan asrning 70-yillarida ispaniyalik Luis Suares degan futbolchi xalqaro maydonlarda nom qozongan...

11:53 02 Noyabr 2020
Prokurorlar sektorlaridagi 72 mingdan ziyod ehtiyojmand oila  tegishli roʻyxatlardan chiqarildi

Mamlakatimizda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash va hayot darajasini yuksaltirish, ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish hamda ularga koʻmaklashish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

11:51 02 Noyabr 2020
Dollar kursi yana osha boshladi

1 AQSH dollari 10 366 soʻm 86 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 6 soʻm 98 tiyinga oshdi.

11:37 02 Noyabr 2020
Ohangaron tumanida 2 mlrd. soʻmlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Ohangaron tumani Ichki ishlar boʻlimi YPX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir natijasida Namangandan Toshkentga olib kirilishi rejalashtirilgan noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi. Dori-darmonlarning birlamchi bahosi 2 milliard soʻmga tengligi hamda ushbu vositalar COVID-19...

11:33 02 Noyabr 2020
Salkam 500-yillik tarixga ega dargohga yangi oʻquv majmui qurilmoqda,

Natijada Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi. Bu muassasa ayni paytda Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻz navbatida islomshunos mutaxassislar, imom-xatiblar va arab tili oʻqituvchilari tayyorlashga ixtisoslashgan oʻrta maxsus bilim yurti uchun ham yangi oʻquv...

11:29 02 Noyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер