All
Odam hayotda koʻplab sinovlarga yuzma-yuz keladi. Baʼzida oʻzi bilgan va bilmagan holda xatoliklarga yoʻl qoʻyadi. Aksariyat hollarda qilingan xato va kamchiliklarni tuzatish qiyin kechadi.Oʻz vaqtida hal etilishi mumkin boʻlgan muammo esa yillar oʻtib, koʻp vaqt talab etadigan yumishga aylanishi shubhasiz.
10:02 03 Noyabr 2020Bu sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan birinchi bahsda Konor gʻalaba qozongan.
02:10 03 Noyabr 2020Turkiyaning Izmir shahrida yuz bergan zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan uch yoshli qizaloq chiqarib olindi.
01:39 03 Noyabr 2020Shu yilning 2-noyabr kuni mamlakatimizda 239 holatda kasallik qayd etildi.
23:24 02 Noyabr 20202020-yil 2-noyabr soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 395 (+94) nafarni tashkil etmoqda.
23:11 02 Noyabr 2020Bugun, 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
22:21 02 Noyabr 2020Joriy yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining videokonferensaloqa tarzidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
19:36 02 Noyabr 2020Hukumat qarori bilan (676-son, 30.10.2020-y.) Prezidentning Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
18:54 02 Noyabr 2020Hukumat qarori bilan (675-son, 30.10.2020-y.) Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
18:47 02 Noyabr 2020Gollandiyaning Rotterdam va Speykenisse shaharlari oʻrtasidagi qatnaydigan metro poyezdi toʻsiqni buzib oʻtib, 10 metr balandlikda osilib qoldi. Uni kanalga qulab tushishidan kit dumlari shaklida yasalgan ulkan haykaltaroshlik namunasi saqlab qoldi, deb xabar berdi Dutch News.
18:42 02 Noyabr 2020Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 da berilgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 30-oktyabr kuni Turkiyaning Izmir shahrining gʻarbiy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida 83 kishi halok boʻlganligi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
18:26 02 Noyabr 2020Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilinishi bekor etilganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda. “Toshkent metropoliteni” UK ushbu maʼlumot notoʻgʻri ekanligini rasmiy maʼlum qildi.
18:20 02 Noyabr 2020Keyingi toʻrt yil ichida mamlakatimizda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yaratildi. Xususan, davlatimiz rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushirilganligi, viloyat, shahar va tumanlarda Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatining izchil yoʻlga qoʻyilganligi aholi kundalik turmushi, fuqarolar huquq va manfaatlarini taʼminlash, xizmat sohasi, tadbirkorlik...
18:16 02 Noyabr 20202020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 22 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan eksport geografiyasi 5 ta davlatga koʻpayganini kuzatishimiz mumkin.
18:14 02 Noyabr 2020Bugungi kunda mehnat migratsiyasi global rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. BMT maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 50 yilda oʻz mamlakatidan tashqarida yashovchilar soni 3 barobar oshgan.
18:05 02 Noyabr 2020Shamollash va “COVID-19”ning alomatlarini qanday farqlash mumkin? Ushbu savolga CCB huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi
17:50 02 Noyabr 2020Surxondaryo viloyatida kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
17:37 02 Noyabr 2020Surxondaryo viloyatida 10 000 AQSH dollarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
17:35 02 Noyabr 20202020-yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda dastlab deputatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi belgilangan ustuvor vazifalar va ilgari...
17:34 02 Noyabr 2020Xorazm viloyatida shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga 10 mln soʻm olgan tovlamachi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
17:23 02 Noyabr 2020