Oʻzbekistonda qiymati 7,4 mln dollarga teng boʻlgan qalampir eksport qilindi
2020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 22 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan eksport geografiyasi 5 ta davlatga koʻpayganini kuzatishimiz mumkin.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 2,3 mln.
Rossiya – 1,3 mln.
AQSH – 1,1 mln.
Germaniya – 1,0 mln.
Ukraina – 211,7 ming
Belgiya – 152,9 ming
Turkiya – 126,0 ming
Boshqalar – 327,1 ming AQSH dollari
Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng koʻp yaʼni, qiymati 1 814,6 ming AQSH dollariga teng boʻlgan qalampir eksport qilgan. Bu koʻrsatkich jami kalampir eksportining 24,5 % ni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring