All

Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari tayinlandi

2016-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelgan Toʻychiyev Laziz Nodirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari vazifasiga tayinlandi

00:00 04 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

2020-yil 3-noyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 626 (+73) nafarni tashkil etmoqda.

23:45 03 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda yana 73 kishida koronavirus qayd etildi

2020-yil 3-noyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 626 (+73) nafarni tashkil etmoqda.

23:44 03 Noyabr 2020
Sogʻliqni saqlash vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Inoyatov Amrillo Shodiyevich Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

23:17 03 Noyabr 2020
Rasman: Abduhakim Xadjibayev Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Xadjibayev Abduhakim Moʻminovich Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

23:09 03 Noyabr 2020
Alisher Shodmonov yangi lavozimga tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan, Shodmonov Alisher Qayumovich Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan sobiq rektor Laziz Toʻychiyev mazkur lavozimdan ozod qilindi.

23:00 03 Noyabr 2020
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni gʻoliblari eʼlon qilindi

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2020-yilgi gʻoliblarini eʼlon qilindi.

22:02 03 Noyabr 2020
Fargʻonada Koreyaga ishga bormoqchi boʻlgan fuqaro 8.300 AQSH dollari va 29 mln. soʻmga chuv tushdi

2-oktyabr kuni fuqaro M.A. tanishi Ya.S.ning ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga joʻnatishini aytib, 8.300 AQSH dollari va 29.000.000 soʻm pul mablagʻlarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

21:01 03 Noyabr 2020
Orolboʻyidagi tumanlarda kartoshka yetishtirilmoqda

Sir emaski, joriy yil bahor oyida yurtimizga kirib kelgan pandemiya tufayli odamlar birdaniga bozorlarga tushib, oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilishni boshladi. Ana shu paytda chetdan kirib keladigan, yoki boshqa viloyatlarda yetishtirilib yetkaziladigan kartoshkaning narxi ayrim hududlarda oshib ketish holatlari ham uchradi.

20:01 03 Noyabr 2020
Gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

19:49 03 Noyabr 2020
2021-yil MDH davlatlarida “Arxitektura va shaharsozlik yili” boʻladi

Qurilish sohasida hamkorlik boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumatlararo Kengashining 40-yigʻilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi raislik qildi. Bu bejiz emas, albatta. Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi bunyodkorlik ishlari keskin surʼatlarda ortib bormoqda va bu yigʻilish qatnashchilari tomonidan munosib eʼtirof etildi. Xususan, joriy yilning...

19:14 03 Noyabr 2020
Qonun loyihasi yetarlicha ovoz ololmadi

Dastavval qonun loyihasini qabul qilish zaruratiga, uning konseptual jihatlariga toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan ular aniqlangan joyning oʻzida huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun...

18:52 03 Noyabr 2020
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog” faxriy unvoni taʼsis etiladi

Mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim boʻgʻini — sanoatni rivojlantirish uchun foydali qazilma zaxiralarini aniqlash, yangi konlarni oʻzlashtirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Shu bois, oxirgi yillarda geologiya sohasini taraqqiy ettirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning tizim faoliyatiga oid qabul qilingan bir qator hujjatlari ushbu yoʻnalishdagi...

18:50 03 Noyabr 2020
Deputatlar innovatsion rivojlanish vazirining axborotini qanday baholadi?

2020-yil 3-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtdi. Unda xalq vakillari “Mamlakatda innovatsion rivojlanish sohasiga oid ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini raqamlashtirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisida”gi...

18:45 03 Noyabr 2020
Oʻzbekiston — Qozogʻiston: buyuk shoirlar ijodini oʻrganish xalqlarni yaqinlashtiradi

2020-yil 3-noyabr kuni buyuk shoir va olim Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini qozoq tilida va buyuk qozoq mutafakkiri Abay asarlarini oʻzbek tilida nashr etishga bagʻishlangan xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya Qozogʻiston Respublikasida oʻzbek tili kunini nishonlash doirasida tashkil etildi.

18:28 03 Noyabr 2020
Senator saʼy-harakati bilan umumtaʼlim maktablaridagi muammolar bartaraf etildi

Yaqinda Prezidentimiz raisligida mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

18:17 03 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

2020-yil 3-noyabr soat 18:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 553 (+52) nafarni tashkil etmoqda.

18:04 03 Noyabr 2020
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3-noyabrdagi PQ-4873-son qarori bilan Tuxtasheva Umida Abdilovna Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari – Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

17:59 03 Noyabr 2020
Spiker oʻrinbosari Sayxunobod tumanida boʻldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi. Tuman markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomidagi tavsiyalariga asosan tashkil etilgan “Besh muhim tashabbus” loyihasining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan...

17:32 03 Noyabr 2020
Toshkentda ayrim koʻchalar avtomobillar harakati uchun yopildi

Fargʻona yoʻli koʻchasida olib borilayotgan yoʻl qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida ushbu koʻchaning Jarqoʻrgʻon va Munis qoʻchalari oraligʻidagi qismi 15-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi

17:20 03 Noyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер