All

Koʻzi ojiz saylovchilar uchun yashirin ovoz berish kabinalarida audio qurilma oʻrnatish taklif etilmoqda

2019-yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida saylovchilar roʻyxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi boʻlgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini koʻzi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtayi nazardan, nogironligi boʻlgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini roʻyobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni oʻtkazish masalasi...

12:25 05 Noyabr 2020
Nahotki baʼzi joylardagi mutasaddilar oʻzining bugungi muammosini hal qilaman deb, Prezident siyosatiga xiyonat qilayotganini tushunmasa!

Prezidentimiz bu yil birinchi bor “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayramida oʻzlari chiqib tabrik soʻzi bilan murojaat qildilar. Taʼlim-tarbiya tizimini yaxshilash boʻyicha Farmon loyihasini tayyorlash boʻyicha topshiriq berdilar, keyin yana qoʻshimcha selektor oʻtkazib, har bir hokim endi kamida 30-40 foiz vaqtini...

12:20 05 Noyabr 2020
Oʻzbekiston atirgul eksportini 19,8 mln dollarga yetkazdi

2020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSH dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan

12:16 05 Noyabr 2020
“UzAutoMotors”da oʻtkazilgan tekshirishda hech qanday jinoiy hodisa yuz bermagani aniqlandi — Bosh prokuratura

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv yakunlari boʻyicha “UzAutoMotors” AJda qonunchilik hujjatlarining buzilishi, korrupsion holatlar va isteʼmolchilarning huquqlariga putur yetkazish kabi alomatlar koʻrinayotganligi sababli bir guruh deputatlar (R.Kusherboyev, D.Gʻaniyev, N.Jumayev, B.Eshmurzayev, Z.Jalolov, A.Temirov) mazkur masalani Bosh prokuratura mahkamasi tomonidan...

11:51 05 Noyabr 2020
Elni birlashtirishdan koʻra savobliroq ish yoʻq

Rostini aytsam, deputat boʻlib, saylovchilardan bunday qattiq gap eshitaman, deb oʻylamagandim. Uchrashuvda bir saylovchi Alining alamini Validan olgani kabi, ilgari hal boʻlmay kelgan muammo uchun menga keskin gapirdi. “Bu muammoning hal boʻlishiga ishonmay qoʻyganman, sizdan oldingilarga ham aytganman, vazirlikka ham...

11:37 05 Noyabr 2020
2020-yil noyabr oyida Kadastr agentligi xodimlari bilan bogʻliq 21 ta korrupsion holat qayd etilgan — Z.Qodirov

— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda kadastr tizimida korrupsion holatlarning oldini olish boʻyicha ishlarni boshlagan, — deydi u. — Statistik maʼlumotlarga eʼtibor beradigan boʻlsak, 2019-yilda Kadastr agentligi xodimlari bilan bogʻliq 30 dan ortiq korrupsion holatlar aniqlangan. 2020-yil...

11:33 05 Noyabr 2020
Qishloq xoʻjaligi sohasida taniqli olim Abdumutalib Xodjayev vafot etdi

Qishloq xoʻjaligi mashinalarining yangi namunalarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish va sohani istiqbolli rivojlantirish boʻyicha taniqli olim, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Abdumutalib Xodjiyev 84 yoshida vafot etdi

11:12 05 Noyabr 2020
Amudaryo tumanida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, mavjud suv manbalaridan samarali foydalanish va ekin maydonlarining shoʻrlanish darajasini kamaytirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

11:06 05 Noyabr 2020
“Suzuk ota” hujjatli filmi xalqaro festivalda gʻolib boʻldi

"Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga binoan ”Hujjatli va xronikal filmlar ctudiyasi“ DUK tomonidan suratga olingan “Suzuk ota” hujjatli filmi Turkiyada oʻtkazilgan ”V Hujjatli filmlar festivali"da gʻolib boʻldi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

11:01 05 Noyabr 2020
2019-yilgi saylovlarda samarasiz tuzilma uchun 3,5 million dollar sarflangan

2019-yilgi saylovlarda 3,5 million AQSH dollari samarasiz tuzilma uchun sarflangan. Bu haqda MSK axborot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

11:00 05 Noyabr 2020
Oʻzbekiston va Hindiston tadbirkorlari oʻrtasida hamkorlik rivojlantiriladi

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlik koʻlamini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehlidagi Elchixonasida “Hindiston — MDH” savdo sanoat palatasi prezidenti Jiotsana Choudxri bilan muzokara oʻtkazildi.

10:56 05 Noyabr 2020
Oʻzbekiston 9 oyda 84,8 ming tonna karam eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 18, 4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan karam eksport qilgan.

10:48 05 Noyabr 2020
Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi

10:46 05 Noyabr 2020
Ish staji haqida hujjatlar yoʻqolgan boʻlsa qanday tasdiqlanadi?

Pensiya olish huquqi paydo boʻlgan fuqarolar koʻpincha ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar korxona va tashkilotlarda saqlanmaganidan yoki ular tomonidan arxiv idoralariga saqlash uchun topshirilmaganidan hamda oʻzlari tomonidan yoʻqotilganidan aziyat chekishadi.

10:42 05 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda yana 87 kishida koronavirus qayd etildi

2020-yil 5-noyabr soat 10:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 932 (+87) nafarni tashkil etmoqda.

10:29 05 Noyabr 2020
2025-yilda talab eng yuqori boʻladigan bilim va koʻnikmalar oʻntaligi eʼlon qilindi

Butunjahon iqtisodiy forumining kelgusidagi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, barcha xodimlarning 50% texnologiyalarni tatbiq etish ortib borishi sayin 2025-yilga kelib qayta tayyorlashni talab qiladi.

10:26 05 Noyabr 2020
“Covid-19”dan maksimal darajada qanday himoyalanish mumkinligi maʼlum qilindi

Antitachalarning eng yuqori darajasiga koronavirusga chalinganidan keyin emlangan insonlargina erisha oladi.

10:13 05 Noyabr 2020
Afrikada nomaʼlum kasallik odamlarning umriga zomin boʻlmoqda

Nigeriya janubida joylashgan Delta shtatida nomaʼlum kasallik kamida 15 kishining hayotiga zomin boʻldi.

10:10 05 Noyabr 2020
Oʻn toʻqqiz milliardlik “sirli” qarz

Qashqadaryo viloyatida 54,2 foiz aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʻlsa, bu koʻrsatkich Gʻuzor va Dehqonobod tumanlarida 2 foizdan ortiqroqni tashkil etadi, xolos.

10:07 05 Noyabr 2020
Samarqandda 2004-yilda koʻmib yuborilgan yer osti oʻtish yoʻli yana ochilmoqda

Samarqand shahridagi Mustaqillik (Alisher Navoiy) koʻchasini rekonstruksiya qilish boʻyicha tegishli loyihalar ishlab chiqilgan va shu asosdagi ishlar boshlab yuborildi. Birinchi qilingan ish, Amir Temur va Mustaqillik (Alisher Navoiy) koʻchalari kesishmasida barpo etilgan va 2004-yilda koʻmib yuborilgan yer osti oʻtish yoʻlining...

10:02 05 Noyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер