Afrikada nomaʼlum kasallik odamlarning umriga zomin boʻlmoqda
Nigeriya janubida joylashgan Delta shtatida nomaʼlum kasallik kamida 15 kishining hayotiga zomin boʻldi.
“Vanguard” nashri xabariga koʻra, halok boʻlganlar 18 — 25 yosh atrofida. Shtat hokimiyati kasallik tarqalishini sekinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganligini maʼlum qildi. Shtat gubernatori sogʻliqni saqlash tizimiga oʻlim holatlarini tekshirishni buyurgan.
Afrikalik epidemiologlar dastlabki taxminiga koʻra bunga gemorragik bezgak sabab boʻlgan. Denge, Ebola, Lassa kabi bezgaklar ushbu guruhga kiradi. Oʻrganishlar davom ettirilmoqda.
1-noyabr kuni olimlar tomonidan VEXAS nomli yangi halokatli kasallik aniqlanganligi haqida xabar berildi.
Mutaxassislar maʼlumotlariga koʻra, genetik mutatsiyalar natijasida kelib chiqadigan patologiya inson organizmida tromb hosil qiladi. Kasallik 40 foiz holatda oʻlim bilan tugaydi. U ilgari bir-biri bilan bogʻlamagan bir nechta yalligʻlanish sindromlarini birlashtiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring