Oʻzbekiston atirgul eksportini 19,8 mln dollarga yetkazdi

12:16 05 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
3949 0

2020-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSH dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp atirgul eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz Respublikasi – 19,5 mln.
Rossiya – 135,8 ming
Qozogʻiston – 120,7 ming
Tojikiston – 60,5 ming
Turkiya – 8,9 ming AQSH dollari

Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari respublikadagi jami atirgul eksportida 55 % ulushga ega.

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng koʻp yaʼni, qiymati 6,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер