“Covid-19”dan maksimal darajada qanday himoyalanish mumkinligi maʼlum qilindi
Antitachalarning eng yuqori darajasiga koronavirusga chalinganidan keyin emlangan insonlargina erisha oladi.
Bu haqda immunolog-allergolog Vladimir Bolibok aytib oʻtdi.
Mutaxassisning aytishicha, antitanachalar xastalikdan sogʻaygandan keyin yuzaga kelishi, ammo har bir odamda bunday himoya darajasi har xil boʻlishi mumkin.
“Shu bois hatto eng yuqori koʻrsatkich ham yolgʻon xavfsizlik hissini bermasligi lozim”, deydi immunolog.
Shifokorning taʼkidlashicha, kasallikdan soʻng unga qarshi antitanachalar paydo boʻlishiga qaramasdan emlanish kerak. Zero, shundagina eng yaxshi himoyaga ega boʻlish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring