All

Oʻzbekistonda zilzila qayd etildi

Toshkent vaqti bilan 00:38 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

00:47 11 Yanvar 2021
Jizzaxdagi binoning qulab tushish sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Jizzax shahrida “Chorvador-Qorakoʻl-Baraka” MCHJ tomonidan qurilayotgan 6-qavatli uyning qulab tushishi sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

23:10 10 Yanvar 2021
“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmini “Oskar”da ishtirok etishi uchun muzokara olib borilmoqda - “Oʻzbekkino”

​​​​​​​Avvalroq, “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmasligi haqida xabar bergan edik.

20:52 10 Yanvar 2021
Andijon shahri suvsiz qoladimi? 

Shu yilning 9-yanvar kuni  Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi diametri 1400 mm.li boʻlgan “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvurining Andijon tumani Xortum MFYga qarashli “Anjirzor” koʻchasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga keldi. Bu esa viloyat markazida istiqomat qiluvchi aholining...

20:30 10 Yanvar 2021
Navoiy viloyati hokimi olimpiada yoʻllanmasi sohibiga ikki xonali uy sovgʻa qildi

2020-yil sarhisobi boʻyicha sport sohasi hamda Oʻzbekiston yoshlari forumi doirasida yuqori natijalarni qayd etgan navoiylik yoshlar viloyat hokimi tomonidan taqdirlandilar

20:10 10 Yanvar 2021
Namangandagi “zapravka”da navbatda turgan otaxon toʻsatdan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida joylashgan gaz toʻldirish shoxobchalarining birida yoshi katta fuqaro vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” nashri holatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov bilan bogʻlandi.

19:59 10 Yanvar 2021
Jizzaxda qulab tushgan bino yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan koʻp qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan. Holatga Bosh prokuratura Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

19:51 10 Yanvar 2021
Jizzaxda koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi

Jizzaxdagi koʻp qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi birlamchi maʼlumot berdi

18:29 10 Yanvar 2021
“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “Oskar” tanlovida ishtirok etmasligi borasida turli gap-soʻzlar aytilmoqda. “Xalq soʻzi” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida film prodyuseri bilan bogʻlandi.

17:45 10 Yanvar 2021
Fargʻonada boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylov oʻtkazilyapti

Maʼlumki, Fargʻona viloyatida turli sabablar bilan 1 nafar Xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda 4 nafar tuman-shahar Kengashi deputatlarining deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatilgan.

15:28 10 Yanvar 2021
Katta Fargʻona kanalida oqib ketib, hamon topilmagan yigit sevgan qizidan arazlab, oʻz joniga qasd qilganmidi?!

Qariyb yigirma kundirki, Fargʻona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Boʻtqachi qishlogʻida yashovchi Ergashevlar xonadonida tinchlik yoʻq. Boisi xonadonning voyaga yetmagan farzandi Abdulaziz Katta Fargʻona kanalida oqib ketib, hamon topilmabti.

15:25 10 Yanvar 2021
Yaqin bir necha hafta pandemiyadagi eng murakkab davr boʻladi — Merkel

Germaniyada yaqin bir necha hafta pandemiya boshlangan davrdan buyon kuzatiladigan eng murakkab davr boʻladi. Ammo hukumatda Covid-19 tarqalishini va nihoyat, nazoratga olish uchun umid paydo boʻldi. Mamlakat kansleri Angela Merkel ana shunday fikrlarni bildirib oʻtdi.

15:20 10 Yanvar 2021
Tojikistonda oʻtgan yilda 2,4 tonnadan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi

Tojikistonda 2020-yilda 2 ming 425 kilogramm turli giyohvandlik moddalari musodara qilingan. Geroin, opiy, gashish, kannabis, psixotrop moddalar, sintetik tabletkalar shular jumlasidandir. Bu haqda davlat narkotiklarni nazorat qilish agentligi maʼlum qildi.

14:54 10 Yanvar 2021
94 yoshli qirolicha va uning 99 yoshli turmush oʻrtogʻi virusga qarshi emlandi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II  va uning turmush oʻrtogʻi gersog Edinburgskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

14:47 10 Yanvar 2021
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha oʻrganildi va qoidabuzar haydovchi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro shahar koʻchalaridan birida «Matiz» rusumli 80 K 485 QA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan piyodaga yoʻl bermasdan, atrofdagi boshqa haydovchilarga xalaqit berib, xavfli manyovr bilan avtomobilni boshqarganligi holati aks etgan video lavha...

14:05 10 Yanvar 2021
Yurak haqida qiziqarli faktlar

— Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qoʻllaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi oʻsha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;

14:01 10 Yanvar 2021
Ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻymaylik!

Maʼlumki, yongʻinlar asosan ehtiyotsizlik, nosoz qoʻlbola gaz va elektr isitish uskunalari va tizimlaridan foydalanish, shuningdek, bolalar kattalar nazoratidan chetda qolib, olov bilan oʻynashlari oqibatida kelib chiqadi.

13:53 10 Yanvar 2021
Yangi Oʻzbekistonning yangi istiqbollari

Yangi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyatining dastlabki yili – 2020-yil juda voqeliklarga boy va sermahsul boʻldi. Parlamentimiz hayotidagi asosiy siyosiy voqealar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil davomida ikki marotaba parlamentga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi bilan uzviy...

12:51 10 Yanvar 2021
Bugun Qirgʻiziston va Qozogʻistonda saylovlar boʻlib oʻtmoqda

Qirgʻizistonda prezident saylovi va boshqaruv shakli boʻyicha referendum oʻtkazilyapti. Nomzodlar soni 15 nafardan ortiq. Ularning orasida sobiq bosh vazir va prezidentlik vazifasini vaqtincha bajarib turgan Sadir Japarov ham bor. 

10:35 10 Yanvar 2021
Glaukomaning qanday davolash usullari bor?

SSV Matbuot xizmati glaukoma kasalligi va uni davolash yoʻllari haqida Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov bilan suhbatlashdi.

01:51 10 Yanvar 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер