Bugun Qirgʻiziston va Qozogʻistonda saylovlar boʻlib oʻtmoqda

10:35 10 Yanvar 2021 Dunyo
1290 0

Qirgʻizistonda prezident saylovi va boshqaruv shakli boʻyicha referendum oʻtkazilyapti. Nomzodlar soni 15 nafardan ortiq. Ularning orasida sobiq bosh vazir va prezidentlik vazifasini vaqtincha bajarib turgan Sadir Japarov ham bor. 

Bir guruh ekspertlar mamlakatda saylovlarning ikkinchi turi ham oʻtkazilishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Referendumda mamlakatda boshqaruvning parlament shakli saqlanib qolinadimi yoki prezidentlik shakliga qaytiladimi, shu masalaga oydinlik kiritiladi.

Qozogʻistonda esa parlament saylovlari. Unda 5 ta, jumladan, “Nur Otan” hukmron partiyasidan tashqari, muxolifatdagi “Ak-Jol” va Qozogʻiston xalq partiyasi, shuningdek, “Adal” va “Auыl” partiyalari ishtirok etmoqda.

Hozirgacha bosh vazir Askar Mamin va sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy ovoz berib ulgurdi.

Bu mustaqil Qozogʻiston tarixidagi sakkizinchi parlament saylovidir. Oxirgi 16 yilda birinchi marta ushbu siyosiy jarayon muddatidan oldin emas, oʻz vaqtida oʻtkazilmoqda.

Quyi palataga 98 deputat 5 yil muddatga saylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер