All

Sobiq IIV xodimasi 8 yildan soʻng lavozimiga tiklandi

Xurshida Jalilova 2020-yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) ga murojaat qilib, nohaq ishdan boʻshatilganini bildirgan edi

13:35 12 Yanvar 2021
Ertaga ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” 13-yanvar, chorshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

13:05 12 Yanvar 2021
Kusherboyev Oʻzbekistonda “ogʻzi shaloq” shaxslarning boshqaruv oʻrinlarida yurganini iddao qilmoqda

Boshqarishga bilimi, qobiliyati va tarbiyasi boʻlmagan shaxs soʻkish, qoʻrqitish, haqorat qilish orqali boshqarishga oʻtadi. Bu uslub uning boshqaruvga nomunosib ekanligini yashirishga intilish sifatida feodallik zamonidan qolgan, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherboyev.

13:00 12 Yanvar 2021
Xodimlarning maoshlari hamon pastligicha qolmoqda — Suv tariflarining oshishiga izoh berildi

Bundan bir muddat avval tariflarni qayta hisoblash va suv narxini oshirish boʻyicha “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taklif bergan edi. Shu asosda kengash qarori loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Muhokamalar vaqtida jamoatchilik oʻrtasida turli munozaralar...

12:11 12 Yanvar 2021
Koronavirusni 30 soniyada oʻldiradigan qurilma yaratildi

Yaponiyada Covid-19ni yarim daqiqada deyarli 100 foiz yoʻq qiladigan ixcham qurilma yaratildi, deb yozadi Mainichi gazetasi.

11:49 12 Yanvar 2021
Taʼlim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchilarga maxsus ustamalar beriladi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

11:40 12 Yanvar 2021
“Men terrorchi emasman” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari bilan hamkorlikda, Oʻzbekiston Respublikasi DXX koʻmagida suratga olingan “Men terrorchi emasman” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi.

11:32 12 Yanvar 2021
Koronavirusga qarshi kollektiv immunitet 2021-yilda ham hosil boʻlmaydi — ekspert

JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatanning taʼkidlashicha,  vaksina olish imkoniyati yaratilgan boʻlsa-da, 2021-yilda ham koronavirusga qarshi kollektiv(jamoaviy) immunitetga erishilmaydi. 

11:30 12 Yanvar 2021
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 90 millionga yaqinlashdi

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 11 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.

11:03 12 Yanvar 2021
Kadastr muhandisi sifatida faoliyat yuritish uchun qanday talablar bor?

Davlat kadastrlari palatasi boʻlim boshligʻi Sanjar Abdurazzoqov ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

10:58 12 Yanvar 2021
Energiya taʼminoti yaxshilanmasa, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni bajara olmaymiz — Vazir oʻrinbosari 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov energiya taʼminoti haqida gapirdi.

10:55 12 Yanvar 2021
Kompyuter qarshisida koʻp oʻtirish “displey sindromi”ga sabab boʻladi.

Kasb taqozosi tufayli koʻpchilik uzoq vaqt kompyuter oldida oʻtiradi. Har kuni takrorlanadigan bunday holatdan keyin bora-bora koʻzlarda qizarish, ogʻriq paydo boʻlishi bor gap. Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktorining oʻrinbosari Nurmat Atabekov bu boradagi tavsiyalarini SSV Matbuot xizmati...

10:54 12 Yanvar 2021
Asakadagi YTHda “Tez yordam” haydovchisi vafot etdi

Joriy yilning 10-yanvar kuni soat 20:00larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, Neʼmatobod MFY hududidan oʻtgan 4R-138 avtomobil yoʻlining 24-kilometrida, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan N.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli hamda haydovchi 1979-yilda tugʻilgan, Sh.X. boshqaruvidagi, Asaka tumani SHTTYOBga tegishli boʻlgan «Damas» rusumli transport vositalari...

10:49 12 Yanvar 2021
1-yanvardan olis hududlarga ishga boradiganlar uchun 11 mln so‘m, shifokorlarga esa 30 mln so‘m bir martalik yordam puli to‘lanadi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

10:46 12 Yanvar 2021
Samarqand viloyati hokimi qisqa muddatli davolanish taʼtiliga chiqdi

Ayni paytda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sogʻligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish taʼtiliga chiqdi. \bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

10:43 12 Yanvar 2021
Kelin va uning ota-onasi toʻyga oz qolganda koronavirusdan vafot etdi

JAR fuqarosi oʻz toʻyiga sanoqli kunlar qolganda koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumdi, deb yozmoqda The Sun.

10:40 12 Yanvar 2021
Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

2020 WU5 asteroidi ilk bor 2020-yil 29-noyabrda NEOWISE (Wide-Field Infrared Survey Explorer) kosmik teleskopi tomonidan olingan suratlarda aniqlanib, shu yili 4-dekabr kuni Xalqaro Astronomiya ittifoqi (IAU) elektron kichik sayyoralar doirasiga kiritilgandi.

10:02 12 Yanvar 2021
Zoyir Mirzayev 87 nafar yoshlarni OTMga qabul qilishga tavsiya qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston yoshlar forumidagi maʼruzasida viloyat hokimlariga madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni oliy taʼlim oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan oʻqitish va oʻz hududida uy-joy va mutaxassisligi boʻyicha ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish vazifasi topshirilgan edi.

02:44 12 Yanvar 2021
Toshkentdagi bir nechta yoʻl oy oxirigacha yopiladi

Tolimarjon va Fargʻona yoʻli koʻchalari kesishmasida olib borilayotgan yoʻl taʼmirlash ishlari sababli 31-yanvarga qadar quyidagi harakatlanish yoʻnalishlari yopiq boʻladi:

02:37 12 Yanvar 2021
Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi

Markaziy bank qoshida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Bekzod Hamroyev maʼlum qildi.

02:25 12 Yanvar 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер