Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 90 millionga yaqinlashdi

11:03 12 Yanvar 2021 Dunyo
912 0

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 11 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 89 million 048 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 930 mingdan ziyod kishi vafot etgan (11.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 19:21 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 660 993 yangi holati aniqlandi, 11 061 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (12.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 90 million 891 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 944 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 22,009 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,466 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,075 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,425 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,072 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 248 089, Hindistonda 16 311, Braziliyada 62 290, Rossiyada 23 315, Buyuk Britaniyada esa 54 940 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер