Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda

10:02 12 Yanvar 2021 Dunyo
3238 0

Astronomlarning maʼlum qilishicha, yaqin ikki kun ichida potensial jihatdan xavfli boʻlgan 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib oʻtadi. NASA reaktiv harakatlanish laboratoriyasining veb-saytida uning orbitasi trayektoriyasi keltirib oʻtilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

2020 WU5 asteroidi ilk bor 2020-yil 29-noyabrda NEOWISE (Wide-Field Infrared Survey Explorer) kosmik teleskopi tomonidan olingan suratlarda aniqlanib, shu yili 4-dekabr kuni Xalqaro Astronomiya ittifoqi (IAU) elektron kichik sayyoralar doirasiga kiritilgandi.

Fazoviy jism orbitalari yerni tashqaridan kesib oʻtadigan yer atrofidagi obyektlar, yaʼni “apollonlar” guruhiga mansubdir. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, uning diametri 0,5 —1,1 kilometrni tashkil qiladi.
2020 WU5 samoda Quyruq, Yakkashox, Kichik It, Egizaklar va Aravakash yulduzlar turkumi fonida oʻrnini almashtirib yuradi.  

Asteriodning Yerga maksimal yaqinlashishi 13-yanvardan 14-yanvarga oʻtar kechasi kutilmoqda. Shu paytda uning yorqinligi 12,9 yulduzli kattalik, burchak tezligi esa daqiqasiga 33,4 burchak soniyasini tashkil qiladi.
Shimoliy yarim sharning oʻrta kengliklarida ushbu hodisani kuzatish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Astronomik jismni hatto obyektivi diametri 200 mm. boʻlgan teleskopda ham kuzatish mumkin.

Asteroid Yerdan yetarlicha uzoq masofada uchib oʻtishiga qaramay, turli xil taxminlarga koʻra, 8,1 mln.dan 7,5 mln. kilometrgacha potensial xavfli deb tasniflanadi.


 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер