Toshkentdagi bir nechta yoʻl oy oxirigacha yopiladi

02:37 12 Yanvar 2021 Jamiyat
1077 0

Tolimarjon va Fargʻona yoʻli koʻchalari kesishmasida olib borilayotgan yoʻl taʼmirlash ishlari sababli 31-yanvarga qadar quyidagi harakatlanish yoʻnalishlari yopiq boʻladi:

1) Sayxun koʻchasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga toʻgʻri chiqish yoʻli;

2) Fargʻona yoʻli koʻchasidan Sayxun koʻchasiga toʻgʻri tushish yoʻli;

3) Tolimarjon koʻchasidan Fargʻona yoʻli koʻchasiga burilish — «Oʻzelektroapparat» zavodidan “Fargʻona” dehqon bozori yoʻnalishda;

4) “Islom ota” masjididan “Oʻzbek qogʻozi” OAJ yoʻnalishdagi dublyor yoʻli.

Mazkur yoʻl qismida yoʻl taʼmirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayxun va Fargʻona yoʻli koʻchalari oraligʻidagi qaytish yoʻl boʻylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер