Koronavirusni 30 soniyada oʻldiradigan qurilma yaratildi

11:49 12 Yanvar 2021 Dunyo
1065 0

Yaponiyada Covid-19ni yarim daqiqada deyarli 100 foiz yoʻq qiladigan ixcham qurilma yaratildi, deb yozadi Mainichi gazetasi.

Ushbu moslama chuqur ultrabinafsha impulslarini svetodiod nurlantirgichini oʻz ichiga oladi. Chuqur ultrabinafsha bu oʻta qisqa toʻlqinlarning keskin cheklangan nurlanishi boʻlib, unda impulslar davomiyligi femtosoniyalar(soniyaning kvadrilionli ulushi)da oʻlchanadi.

Chuqur ultrabinafshani olish va undan foydalanish zamonaviy fanda istiqbolli yoʻnalishlardan hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchilar maʼlumotiga koʻra, svetodiodli qurilma oʻzidan toʻlqin uzunligi 280 nanometr va optik quvvati 70 millivattga teng chuqur ultrabinafsha yorugʻligini chiqaradi. 

Virus qismlarini yoʻq qilish 260 nm toʻlqin uzunligida eng samarali hisoblansa-da, ammo bu koʻrsatkich moslamaning yaroqlilik muddatini qisqartirib yuboradi. Agar toʻlqin uzunligi 265 nm.na tashkil etsa qurilmadan qariyb 2000 soatgacha foydalanish mumkin boʻlsa, 280 nanometrlik holatda bu davrni taxminan oʻn barobarga oshirish mumkin ekan.

Tokusima universitetida olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra, ixtiro yordamida yuzalardagi 99,99 foiz viruslar 5 sm. masofadan turib 30 soniyada yoʻq qilingan.

Ayni paytda olimlar oʻz kashfiyotlarini keng ishlab chiqarish uchun hamkor qidirmoqda. Ushbu uskunadan havo tozalash, shamollatish va boshqa muhim joylarda ham foydalanish kutilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер