All

Prezident Namangan viloyatiga joʻnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga joʻnab ketdi. 

10:16 18 Fevral 2021
Qashqadaryoda oʻgʻlini pichoqlagan shaxs javobgarlikka tortilmagani rostmi?

Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Tugal qishlogʻida yashovchi fuqaro Hafiza Hamroyeva ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, oʻgʻlini pichoqlagan shaxs javobgarlikka tortilmagani, bemalol koʻchada yurganligi, shu sababli adolat qaror topishi, aybdorga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

10:14 18 Fevral 2021
5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi boʻlgan qoʻlga olindi

Parkent tumanida fuqaro 5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1 mln. AQSH dollariga sotmoqchi boʻldi. Maʼlumotga koʻra, yer akasining bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan

10:02 18 Fevral 2021
Oʻzbekistonning mebel mahsulotlari eksporti 1,7 mln dollarga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 1,7 mln. AQSH dollariga koʻp.

09:48 18 Fevral 2021
Bobotogʻ hududidagi yoshlar uchun oʻqishga kirishda qoʻshimcha davlat grantlari ajratiladi

Prezident qarori ilan 2021–2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

09:38 18 Fevral 2021
Erkin soʻz qanchalar erkin boʻlmasin, jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak! — A.Qodirov

“Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari tomonidan tashabbus qilingan qonun loyihasi Oʻzbekistonda tinch-xotirjam, emin-erkin va demokratik rivojlanishga xizmat qiladi. Boshqariladigan beboshlikni maqsad qilgan, xalq xotirjamligi, manfaatlari va erkin soʻzning qadriga tupurib, ularni gʻarazli oʻyinlarida oʻyinchoq qilib olgan buzgʻunchilarning qoʻlini bogʻlaydi.

08:52 18 Fevral 2021
Yarim tunda singlisini begona avtomashinadan tushganligini koʻrgan aka haydovchini oʻldirdi

2021-yil 15-fevral kuni soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D. Shovot tumani Guliston MFY hududida singlisi “Damas” rusumli avtomashinadan tushib qolganligini koʻrib, ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q. bilan janjallashib qolib yogʻoch boʻlagi bilan bosh qismiga urib tan...

22:39 17 Fevral 2021
Toshkent viloyati va poytaxtda 30ga yaqin avtomobilni tunagan guruh aʼzolari ushlandi

Joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent tumani «Koʻhinur» mahallasida yashovchi fuqaro F.Akbarov tuman IIBga nomiga ariza bilan murojaat qildi. 

22:20 17 Fevral 2021
«Abru bahor»ning ikkinchi bahori

«Abru bahor» qogʻozni badiiy bezash usuli sanaladi. Fors tilidan olingan mazkur atama “Bahor bulutlari” maʼnosini bildiradi. Qadimiy kitoblarda bu sanʼatning ajoyib namunalarini uchratish mumkin.

21:55 17 Fevral 2021
Endilikda ish staji yetarli boʻlmaganlar va uy bekalariga ham pensiya tayinlanadi

Pensiya taʼminoti tizimida uy bekalari uchun ham kelajakda pensiya olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

19:23 17 Fevral 2021
Fevral oyida gazdan noqonuniy foydalanish tufayli 3,1 milliard soʻm zarar yetkazildi — Energetika vazirligi

Fevral oyida Respublika boʻyicha ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 139 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan. Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori esa 3,1 milliard soʻmni tashkil etgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

18:54 17 Fevral 2021
Endi Sirdaryoda ham yurak, qon-tomir jarrohligining stent qoʻyish amaliyoti bajariladi

Sirdaryo viloyati kardiologiya dispanserida rentgenendovaskulyar xirurgiya boʻlimi ochildi. Shunday qilib endi yurak-qon-tomir kasalliklaridan infarktning oʻtkir tojli sindromi oqibatida yopilib qolgan tomirlarni stent qoʻyish bilan ochish boʻyicha jarrohlik amaliyoti mamlakatimizning koʻplab hududlari kabi Gulistonda ham amalga oshirila boshlandi. Yaqin kelajakda uyqu...

18:32 17 Fevral 2021
Ekologik xavfli mahsulotlar majburiy sertifikatlashtiriladi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

18:19 17 Fevral 2021
Liviyada 15 yil ichida birinchi marta qor yogʻdi

Liviyada bir necha yil ichida birinchi marta qor yogʻdi. Ushbu tabiiy hodisa mamlakatning shimoli-sharqida kuzatildi. 

18:15 17 Fevral 2021
Fransiyada koronavirusdan himoya qiladigan niqob yaratildi

Fransiyada koronavirusni zararsizlantiradigan himoya niqobi yaratildi. Bu haqda “BioSerenity” kompaniyasi maʼlum qildi.

17:58 17 Fevral 2021
Endi Oyga ayollar va nogiron astronavtlar ham yuboriladi

Yevropa kosmik agentligi Oyga joʻnatiladigan ekspeditsiyalar uchun 26 ta yangi astronavt jalb qilmoqda. Ularni keyinchalik Marsga joʻnatish ham rejalashtirilgan.

17:52 17 Fevral 2021
Tik Tokdagi chellenj sabab bir oʻquvchi vafot etdi, yana biri kasalxonada

Kiyevda TikTok-dagi qirqta tabletka ichish taklif etilgan va keyin nima boʻlishini kuzatishga chaqiruv mazmunidagi chellenjdan soʻng, “Garmoniya” litseyining ikki nafar yettinchi sinf oʻquvchisi «Drotaverina» tabletkalari bilan zaharlandi.

17:37 17 Fevral 2021
Toshkent viloyatida fuqaro quduqqa tushib ketdi

Kecha, 16-fevral kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani S.Rahimov jamoa xoʻjaligi Shermatov koʻchasi 62-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.B.ning quduq ichiga tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

17:18 17 Fevral 2021
“Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

Maʼlumki, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikiston Respublikasiga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi.

17:08 17 Fevral 2021
Abdulaziz Komilov Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uchrashdi va unga Mirziyoyevning maktubini topshirdi

2021-yil 17-fevral kuni Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan qabul qilindi.

17:03 17 Fevral 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер