Fevral oyida gazdan noqonuniy foydalanish tufayli 3,1 milliard soʻm zarar yetkazildi — Energetika vazirligi
Fevral oyida Respublika boʻyicha ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 139 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan. Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori esa 3,1 milliard soʻmni tashkil etgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
- Xorazm viloyati “Xorazm ohak tayyorlov” MCHJga qarashli ohak sexi 1,447 mlrd. soʻm;
- Qashqadaryo viloyati «Qarshi trans lyuks» XKga qarashli 1 gektar maydondagi va fuqaro Salimov Obidga qarashli 0,6 gektar maydondagi issiqxona xoʻjaliklari 0,945 mlrd. soʻm;
- Navoiy viloyati «Filmari» MCHJga qarashli ohak sexi 0,367 mlrd. soʻm miqdorida davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring