Endi Oyga ayollar va nogiron astronavtlar ham yuboriladi
Yevropa kosmik agentligi Oyga joʻnatiladigan ekspeditsiyalar uchun 26 ta yangi astronavt jalb qilmoqda. Ularni keyinchalik Marsga joʻnatish ham rejalashtirilgan.
Nomzodlarni yollashda xilma-xillikka eʼtibor qaratiladi. Agentlik oʻz xodimlari orasidan koʻproq ayollar, shuningdek, nogiron astronavtlar boʻlishini istamoqda.
Yangi astronavtlar safi 11 yil ichida birinchi marta qayta tuzilmoqda.
Nomzodlar ham fazoviy kemaning faol ishtirokchilari, ham zahiradagi harbiy xizmatchilarga aylanishadi, tanlov dasturi 2022-yil kuzigacha davom etadi. Nogiron astronavtlarni kosmosda ishlashga jalb qilish imkoniyati yangi texnologiyalar yaratilgani tufayli yuzaga keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring